• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Botayotgan G‘arb quyoshi: hukmronlikdan inqirozgacha

    Amerikalik taniqli jurnalist va siyosatshunoslar — Samuel Hantington va Patrik Jozef tobora nurab borayotgan G‘arb to‘g‘risida yozishgan. Misol uchun, Hantington o‘zining “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va yangi dunyo tartiboti” kitobida G‘arbdagi taraqqiyot Sharqiy Osiyoga ko‘chayotganini eʼtirof etsa, Patrik Jozef “G‘arbning halokati” asarida axloqiy va demografik tanazzulga uchrayotgan G‘arb haqida hikoya qiladi.

    Nahotki bizning tasavvurimizda eng rivojlangan, madaniylashgan va taraqqiy etgan G‘arbning quyoshi botayotgan bo‘lsa?! Quyida shu haqida so‘z yuritamiz.

    G‘arbning tanazzulga uchrashi haqidagi bashoratlar

    G‘arbning inqirozi haqidagi ilk nazariya XX asr boshida yashab, ijod qilgan nemis faylasufi Osvald Spenglerga tegishlidir. U o‘zining “Der Untergang des Abendlandes” (G‘arbning tanazzulga uchrashi) asarida sivilizatsiyani tirik organizmga qiyoslaydi. Unga ko‘ra, sivilizatsiya tug‘ilish, o‘sish, yetuklik va inqiroz bosqichlarini boshdan kechiradi. Shundan kelib chiqib, olim G‘arb sivilizatsiyasi inqiroz bosqichiga kirganini taʼkidlaydi.

    Darhaqiqat, o‘tgan asrning boshida G‘arbdagi yirik imperialist davlatlar — Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Germaniya o‘zaro iqtisodiy va harbiy raqobatning yangi bir bosqichiga o‘tdi. Buning natijasi o‘laroq, insoniyat o‘z tarixida ilk bor jahon urushini boshdan o‘tkazdi. Birinchi jahon urushi oqibatida esa fashizm va sotsializm dunyoga keldi va dunyo yana urush domiga tortildi. Ikkala jahon urushida asosiy kurash G‘arb yerlarida kechdi.

    Osvald Spenglerning g‘oyasi bir tomondan o‘z tasdig‘ini topdi. Biroq Ikkinchi jahon urushidan so‘ng G‘arb tanazzul botqog‘iga botib qolmadi. Balki urushdan keyin G‘arb davlatlari o‘rtasidagi adovat yo‘qolib, o‘zaro integratsiya jarayoni yuz berdi va davlatlar taraqqiyot sari odimlay boshladi.

    Osvald Spengler
    Foto: Wikipedia

    G‘arbning siyosiy yuksalishi va unda AQSh taʼsirining ortishi

    1940-yildan keyin G‘arb olamiga yangi maqsadlar bilan AQSh kirib keldi. AQSh Sovuq urush davrida sotsialistik blokka (Sovet Ittifoqi boshchilik qilgan sotsialistik tuzum davlatlari) qarshi G‘arb davlatlarini otaliqqa olib, ularni ham iqtisodiy, ham harbiy tomondan rivojlantirdi. Sovuq urush va undan keyingi davrda G‘arb bir qator sohalarda yetakchi bo‘ldi. Bular:

    • Xalqaro bank tizimiga egalik va uni boshqarish;
    • Barcha qattiq valyuta tizimlarini boshqarish;
    • Dunyoning birinchi darajali isteʼmolchisi;
    • Dunyodagi tayyor mahsulotlarning asosiy qismini ishlab chiqarish;
    • Xalqaro kapital bozorlarida hukmronlik;
    • Ulkan harbiy qudrat sohibi;
    • Dengiz yo‘lini nazorat qilish;
    • Eng ilg‘or texnik tadqiqot va izlanishlarni olib borish;
    • Eng ilg‘or texnik taʼlimni nazorat qilish;
    • Aviasozlik sanoatida hukmronlik;
    • Xalqaro kommunikatsiya tizimlarida ustunlik;
    • Ilg‘or texnologik qurollar ishlab chiqarish sanoatida ustunlik qilish.
    Yevropa mamlakatlari
    Foto: Novyefoto.ru

    Iqtisodiy va harbiy qudratning Sharqqa ko‘chishi

    XIX asr o‘rtasida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha G‘arbning ulushi shiddat bilan rivojlandi. Statistik maʼlumotlarga nazar soladigan bo‘lsak, 1928-yilda G‘arb jahon mahsulotining 84,2 foizini ishlab chiqarganini ko‘rishimiz mumkin. Shundan so‘ng G‘arbda mahsulot ishlab chiqarish surʼati sekinlashishi bilan G‘arbning bu boradagi ulushi asta-sekin torayib bordi.

    1990-yillar boshida bir qancha mashhur olimlar, siyosatshunoslar G‘arb taraqqiyoti evrilish pallasiga kirgani haqida gapira boshlashdi. Misol uchun, Samuel Hantington o‘zining “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi va yangi dunyo tartiboti” kitobida shunday yozadi:

    “Iqtisodiy qudrat shiddat bilan Sharqiy Osiyoga ko‘chmoqda, uning ortidan harbiy qudrat va siyosiy taʼsir darajasi ham ergashmoqda. Boshqa jamiyatlarning G‘arb buyruqlariga amal qilishi yoki uning so‘zlariga quloq tutishi tobora kamayib bormoqda. Bu bilan G‘arbning hukmronlik qilish uchun o‘ziga ishonchi va irodasi ham so‘nmoqda”.

    Eksport hajmi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar. 1996-yil
    Foto: statisticsanddata.org

    Haqiqatan ham, 1960-yildagi eksport bo‘yicha dunyo top-7 jadvaliga qarasak, Yaponiyani istisno etganda, unda barchasi G‘arb davlatlari edi. Ammo so‘nggi 20 yil ichida eksport bo‘yicha Xitoy jahon yetakchisi AQShni quvib o‘tdi. Bundan tashqari, bugungi kunda yalpi ichki mahsulot (YIM) bo‘yicha Xitoy ikkinchi, Yaponiya uchinchi, Hindiston esa beshinchi o‘rinni egallagan.

    Eksport hajmi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar. 2020-yil
    Foto: ultrathegame.com

    Yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni umumlashtirgan holda aytishimiz mumkinki, iqtisodiy rivojlanish XXI asrda G‘arbiy bo‘lmagan mamlakatlarga ham yoyildi va u yuqori sur’atlarda o‘sib bormoqda.

    Sovuq urush o‘z nihoyasiga yetib, Sovet Ittifoqi tarqalishi G‘arb mamlakatlarining harbiy harajatlarini va harbiy sohaga bo‘lgan eʼtiborini biroz pasaytirdi. AQSh prezidentlari — katta Bush va Klinton maʼmuriyatlarida harbiy xarajatlar miqdori 1990-yildagi 342,3 milliard dollardan 35 foizga qisqartirilib, 1998-yilda 222,3 milliard dollarga tushirildi. 1980-yillardan boshlab Britaniya, Germaniya va Fransiya ham o‘z harbiy xarajatlarini maʼlum miqdorda qisqartirdi.

    Samuel Hantington o‘z asarida Iroqni mag‘lub etish uchun Qo‘shma Shtatlar Fors ko‘rfaziga o‘z ixtiyoridagi jangovar taktik uchoqlarning 75 foizini, aviatashuvchi kemalarning 46 foizini, quruqlik qo‘shinlarining 37 foizini, harbiy flot xizmatchilarining 46 foizini safarbar qilganini yozib, kelajakda bunday miqdorda qisqargan harbiy kuch bilan G‘arbiy yarimshardan tashqaridagi ikkita tugul, bitta qudratli davlatga qarshi intervensiya olib borish AQSh uchun juda qimmatga tushishini taʼkidlaydi.

    Bundan tashqari, yadro quroliga ega davlatlardan 5 tasi (Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreya) G‘arbiy bo‘lmagan davlatlar hisoblanadi. Bu davlatlar qatoriga Eronni ham qo‘shish mumkin. Albatta, ko‘p qutbli dunyoning ham kamchilik va nuqsonlari bisyor. Masalan, xalqaro muammolarni hal etishda o‘zaro bir konsensusga kelish qiyin. Ammo bu boshqa mavzu…

    Yadro quroliga ega mamlakatlar
    Foto: Mavink.com

    Demografik va hududiy so‘nish

    Amerikalik taniqli jurnalist va siyosiy sharhlovchi Patrik Jozef Byukenen “G‘arbning halokati” nomli asarida G‘arbda ommaviy madaniyatning keng quloch yoyishi, naslsizlik sabab demografik inqiroz va buning fonida immigratsiyaning kuchayayotganiga eʼtibor qaratgan. Jumladan, u shunday yozadi: 1950-yillarda boshlangan “Ommaviy madaniyat” 1990-yillarga kelib millatimizni naslsizlik balosiga duchor qildi. “Ommaviy madaniyat” asta-sekin insonning hayvonga xos xususiyatlarini kuchaytirib boradi. Bu maʼnaviy-axloqiy illatlarning taʼsiri oqibatida kishilarda bir qator ko‘rinishlar namoyon bo‘ladi.

    XX asrda G‘arb aholisi dunyoning 30 foizini tashkil qilar, G‘arb hukumatlari dunyo aholisining 45 foizi ustidan nazorat o‘rnatgan edi — 1920-yilda bu ko‘rsatkich 48 foizga chiqdi. Lekin XXI asr boshida G‘arb aholisi insoniyatning 11 foizini tashkil qildi. Olimlarning qayd etishicha, 2025-yilga qadar bu ko‘rsatkich 10 foizga tushib ketishi mumkin.

    1920-yilda G‘arbdagi qudratli imperiyalar Yer sayyorasining 25,5 million kvadrat milyasiga xo‘jayinlik qilgan. Bu quruqlikdagi yer maydonining deyarli yarmiga teng. Biroq 1993-yilga kelib bu ko‘rsatkich 12,7 million kvadrat milyaga qisqarib ketdi.

    Xulosa qiladigan bo‘lsak, kollektiv G‘arb qo‘lidagi taraqqiyot asta-sekin boshqa sivilizatsiyalarga ko‘chmoqda. To‘g‘ri, bu jarayon 10-15 yil ichida sodir bo‘lib qolmaydi. Hantingtonning fikriga ko‘ra, G‘arb XXI asrda ham qudrat va o‘z taʼsir kuchini saqlab qoladi. Ammo sivilizatsiyalar o‘rtasidagi kuch muvozanati bosqichma-bosqich o‘zgarib bormoqda va buni inkor etib bo‘lmaydi. Albatta, har bir narsaning ibtidosi bo‘lganidek, intihosi ham bor!

    Sardor Ali

    26.10.2023, 19:00   Izoh (0)   23047
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.