Futbol bo‘yicha JCH—2026 saralashi doirasida Braziliya terma jamoasi Urugvayga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Braziliya hujumchisi Neymar birinchi bo‘lim oxirida jarohat olib, ko‘zda yosh bilan maydonni tark etdi.
Neymar sentabr oyida 6 oylik jarohatdan so‘ng maydonga qaytgan edi. Globo nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi yana uzoq muddatga safdan chiqdi.
Qayd etib o‘tish joiz, “Al-Hilol” 28-noyabr kuni OCHL doirasida “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi. Braziliyalik futbolchi ushbu o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, jamoalar ishtirokidagi birinchi o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Izoh (0)