Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun 16-oktyabr kuni Samarqandga tashrif buyuradi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari BMT tizimidagi ushbu yetakchi tuzilmaning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi. Tashrif dasturi doirasida, shuningdek, UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi 16—20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bosh assambleyaning bu galgi sessiyasida dunyoning barcha qitʼalaridan 130 dan ortiq davlat ishtirok etadi.
Izoh (0)