Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (kuchli shamol) tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi reysi Namanganga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

“Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY81 (Toshkent—Farg‘ona) reysi ekipaji Namangandagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.
Samolyot soat 09:12 da Namangan aeroportiga qo‘ngan.
Avvalroq Moskva—Toshkent reysini amalga oshirayotgan samolyot Urganchga shoshilinch qo‘ngandi. Bunga 1978-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi samolyot bortida vafot etgani sabab bo‘lgan. Avgust oxirlarida esa O‘zbekistondan uchgan uchta samolyot Moskvaga qo‘na olmay, zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirilgandi.
Izoh (0)