Toshkent metropolitenida 18 yoshli talaba qiz poyezd relsiga sakradi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 12-oktyabr kuni Toshkent metrosining “Alisher Navoiy” metro bekatida sodir bo‘lgan. Talaba qiz poyezd relsiga sakragan. Shu payt bekatda xizmat olib borayotgan IIO xodimi buni ko‘rib, darhol poyezdni to‘xtatishga buyruq bergan. Ikki ichki ishlar xodimi relsga tushib, qizni platformaga olib chiqqan.
Qizga birinchi yordam ko‘rsatilib, u bilan suhbat o‘tkazilgan. 2005-yilda tug‘ilgan farg‘onalik qiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi ekani aniqlangan. Xodimlar qizning qarindoshlari bilan bog‘lanib, voqea haqida xabar berishgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)