O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini vaqtincha to‘xtatgani haqidagi xabarini o‘zgartirdi.
12-oktyabr kuni diplomatik missiya aviakompaniya xavfsizlik nuqtai nazaridan parvozlarni to‘xtatishga qaror qilgani haqida yozgandi. Ammo ko‘p o‘tmay, xabar o‘zgartirildi. Yangi xabarda ta’kidlanishicha, aviakompaniya 12-oktyabridagi aviaqatnovni davom ettirishga qaror qilgan.
“Keyingi aviaqatnovlar to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat qilgandi. Unda O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy organlar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qatʼiy tavsiya qilingan.
7-oktyabr kuni kechqurun HAMAS Isroilga yangi raketa hujumlarini uyushtirdi. Oqibatda o‘nga yaqin odam jarohat oldi. Raketa bo‘laklari Tel-Avivdagi uylarga qulagan.
Izoh (0)