Toshkent shahar Uchtepa tumanida tuproq o‘pirilishi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Uchtepa tumani Beshqayrag‘och ko‘chasida olib borilayotgan kollektor qurilishida (kotlovan qazish vaqtida) “Shafoat” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 5 nafar xodimi ishlayotgan bo‘lgan.
Ammo tuproq ko‘chishi natijasida 2 nafar ishchi xodim hayotdan ko‘z yumgan, 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada, qolgan, 2 ishchining ahvoli qoniqarli baholanmoqda. Tuman Ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan 11-oktyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257 va 258-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)