Futbol bo‘yicha YCHL guruh bosqichida 2-turida “Barselona” safarda “Portu” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
16 yoshli Lamin Yama kataloniyaliklarning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
71-daqiqada Lamin o‘zini yomon his qilib, maydonni tark etgan. Hojatxonaga ketgan Yamal maydonga qaytmagan. 80-daqiqada uning o‘rniga Markos Alonso maydonga tushirilgan. Deyarli 10 daqiqa “ko‘k-anorranglilar” 10 kishi bo‘lib harakatlangan.
Bosh murabbiy Xavi bu vaziyatga izoh berarkan: “Lamin Yamal o‘zini yomon his qildi. U bir necha bor menga qornida og‘riq borligini aytayotgandi. O‘yinda tanaffus bo‘lganidan foydalanib, unga ruxsat bergandim va tez qaytishini ta’kidlagandim. Biroq, keyinchalik u maydonga tusha olmasligini xabar qilishdi”, — dedi.
Izoh (0)