So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12315
    • RUB 138.99
    • EUR 13489.85
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Ular qahramon”— mutaxassis 160 kilometrlik tirbandlikda qolib ketgan o‘zbek haydovchilari haqida

    4 oktabr, 13:13 17473

    2022-yil qish yakunida Rossiya va Gruziya chegarasida 160 kilometrgacha uzunlikdagi avtomobillar tirbandligi yuzaga kelgan. Unda o‘zbek yuk avtomobillari haydovchilari ham bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi raisi Sanjar Po‘latov “Daryo”ga bergan intervyusida aytdi.

    Sanjar Po‘latov 
    Foto: “Daryo”

    Sanjar Po‘latovning taʼkidlashicha, tirbandlikda qolib ketgan o‘zbekistonlik haydovchilarga elchixona tomonidan yordam ko‘rsatilgan.

    “Haydovchilarimiz haqiqiy qahramon. Sababi yo‘lda juda ko‘p qiyinchiliklar, muammolar bo‘lishiga qaramasdan ular o‘z kasbini sevib davom ettirishadi. Ayniqsa, havo harorati juda sovuq bo‘ladigan hududlardagi muzlamalarda qolib, navbatlarda 10-15 kunlab kutib ishlash oson emas. Masalan, Ukraina voqeasi (Rossiya–Ukraina urushi) boshlanganda (2022-yil, fevral) “Verxniy Lars”, yaʼni Rossiya bilan Gruziya chegara punktida katta–katta tirbandliklar yuzaga kelgan. Tirbandlikning uzunligi 160 kilometrgacha yetib, Checheniston tomonlargacha borgandi. Oqibatda haydovchilar o‘sha hududda bir oygacha qolib ketdi. Bu jarayonda Rossiyadagi elchixonamiz vakillari borib, o‘zimizning haydovchilar holidan xabar olib turishdi. Ularga kerakli oziq-ovqat va boshqa masalalarda yordam berildi”,—dedi u.

    Suhbat davomida Sanjar Po‘latov Ukrainaga Rossiya hujumi boshlangan paytda urush ketayotgan hududda 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlik haydovchilar qolib ketgani haqida gapirdi.

    “Besh nafar haydovchimiz Mariupolda qolib ketgandi. Ularni vatanga olib kelish uchun hukumat komissiyasi tuzildi. Bizga Rossiya va Ukraina elchixonalari, Xalqaro avtotransport ittifoqi yordam berdi. Haydovchilarimiz O‘zbekistonga juda qiyinchilik bilan olib kelindi. Ularga marshrutlar chizib berilgan va shu orqali Ukraina hududidan chiqib ketishgan. Mariupolda qiyin bo‘lgan. Elchixonalarimiz rosa ishlashgan. Masʼullar: “imkoni bo‘lsa, samolyot qo‘yib berardik, lekin iloji yo‘qda”, deyishgan. To‘rt nafar odam uchun samolyot qo‘yib berishga ham tayyor bo‘lishgan. Biroq u paytda Mariupol butunlay blokadada edi. Juda qiynalganmiz. Ammo eson–omon chiqishdi. Shuning uchun ham men ularni qahramon deyman”, — dedi mutaxassis.

    Avvalroq Toshkent shahrida “Xalqaro avtomobil transporti: barqaror rivojlanish va farovonlik sari” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilgani xabar qilingandi. Tadbirda hozirgi kunda O‘zbekistonning eksport–import yuklarining 68 foizini milliy tashuvchilar tashiyotgani, ilgari bu ko‘rsatkich 30 foizga ham yetmagani aytilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonda 5–7 ming nafar yuk avtomobillari haydaydigan yuqori malakali haydovchiga ehtiyoj borligi taʼkidlangan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    Bugun, 16:12

    “Real” Karlo Anchelotti bilan shartnomani uzaytiradi

    Bugun, 16:03

    “Biz elektromobillarning ko‘payishini qo‘llab-quvvatlaymiz” — Jo‘rabek Mirzamahmudov

    Bugun, 15:58

    Olmaliqda kadastr xodimi pora olayotganida qo‘lga tushdi

    Bugun, 15:45

    Ukrainalik rasmiy Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi “dahshatli” kelishmovchilik haqida ma’lum qildi

    Bugun, 15:36

    Molini olib ketmasliklarini so‘rab yig‘layotgan bola, 5 sutkalik qamoqqa ketgan qarindosh, tortib olingan qo‘ylarni sanayotgan ayol: Chustda qarzdorlikni undiruv h...

    Bugun, 15:22

    “Hukm” turk seriali xalqaro Emmi mukofotiga sazovor bo‘ldi

    Bugun, 15:20

    Yaponiyada AQSH harbiy samolyoti halokatga uchradi

    Bugun, 14:50

    “Korrupsiya 1-sinfga qabulda ko‘proq uchramoqda” — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i Shavkat Hamrayev

    Bugun, 14:39

    O‘zbekistonda pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

    Bugun, 14:20

    Tavsiya etamiz

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023

    “15 sutkaga tiqasan, kimi kelsa ham chiqarmaysan”. Termiz hokimi qonun himoyachilarining ko‘z o‘ngida O‘zbekiston qonunlarini oyoqosti qildi

    17:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.