• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Markaziy Osiyo

    Tojikiston va Qirg‘iziston “barcha chegaraviy muammolarni hal qiladigan” protokolni imzoladi

    Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat delegatsiyalarining uchrashuvida “barcha chegaraviy muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ladigan” bayonnoma imzolandi.

    Foto: Tojikiston TIV matbuot xizmati

    Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 2-oktyabr kuni Botkenda tojik-qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Delegatsiyalarga respublikalarning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitalari raislari boshchilik qilgan: Dushanbedan Saymo‘min Yatimov, Bishkekdan Qamchibek Tashiyev.

    Protokolning mazmuni oshkor etilmadi. Imzolanishdan keyingi brifingda Yatimov ushbu hujjat amalga oshirilsa, “ilgari Tojikiston — Qirg‘iziston chegarasidagi mojarolar uchun asos bo‘lgan, ularga zamin yaratgan barcha masala va muammolar hal qilinishini” aytdi, deyiladi Asia-Plus xabarida.

    Tashiyevning qayd etishicha, mazkur protokol ikki davlat tomonidan kelishilgan.

    “Bu bizga barcha chegaraviy muammolarni hal qilish uchun asos beradi. Xudo xohlasa, yaqin kunlarda davlat chegarasini belgilash bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilamiz. Bugun biz imzolagan qarorlar chegara tinch, barqaror bo‘lishi xalqlarimiz do‘stlik va hamjihatlikda yashashi uchun asos bo‘ladi”, — deya Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kloop.

    Ayni paytda muzokaralarda ishtirok etgan Qirg‘iziston hukumatining chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Nazirbek Bo‘ruboyevning aytishicha, protokol chegara masalasiga chek qo‘ymaydi.

    “Chegara muammosi hali to‘liq hal etilmagan, uni bir kunda hal qilib bo‘lmaydi. Kecha faqat tamoyillar kelishib olindi. Hozir muzokaralar olib borilmoqda, batafsilroq ma’lumot bera olmayman. Chunki bu muzokaralarga ta’sir qiladi. Hali nuqta qo‘yilgani yo‘q, muzokaralar 8-oktyabrgacha davom etadi”, — dedi u “Maral” radiosiga bergan izohida.

    Tashiyevga yaqin bo‘lgan jurnalist Nurg‘ozi Anarqulov protokolni tarixiy deb atadi va “qirg‘iz-tojik chegarasidagi kelishmovchiliklar nihoyasiga yetganini” aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ttiz yil ichida birinchi marta Tojikiston tomoni barcha daʼvolardan voz kechdi, Qirg‘iziston tomonining talablari bajarildi.

    Tojikiston — Qirg‘iziston chegarasining uzunligi 976 kilometr bo‘lib, shundan atigi 664 kilometri delimitatsiya va demarkatsiya qilingan. Bahsli hududlarda ikki davlat aholisi o‘rtasida yo‘llar, suv va yerdan foydalanish bo‘yicha muntazam kelishmovchiliklar chiqadi. Oxirgi qurolli mojaro 2022-yil sentabrda yuz berdi: umumiy chegaraning bir necha uchastkalarida otishmalar boshlandi. Bir necha kun davom etgan to‘qnashuvlarda har ikki tomondan ko‘plab qurbonlar va yaradorlar bo‘ldi. Ikki respublika hukumati bir-birini qurolli bosqinchilikda aybladi.

    Mojaroga bir yil to‘lgani munosabati bilan 15-sentyabr kuni Tashiyev to‘qnashuvlarga chegara bilan bog‘liq hal etilmagan muammolar sabab bo‘lganini tushuntirib, Qirg‘izistonga “qo‘shni davlat hujum qilganini” ta’kidladi. U Tojikiston hukumatini hududiy daʼvolardan voz kechishga chaqirdi. 

    Ushbu bayonotni muhokama qilish uchun 16-sentyabr kuni Tojikiston hukumati Qirg‘izistonning favqulodda va muxtor elchisi Erlan Abdildayevni Tashqi ishlar vazirligiga taklif qildi.

    03.10.2023, 16:30   Izoh (0)   8380
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iz-tojik chegarasidagi janglarda 37 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘ldi

    18.09.2022, 12:31

    Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (video)

    25.07.2023, 10:58

    Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegaradagi hodisa sababini ma’lum qildi

    25.07.2023, 14:00

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi to‘xtatilgani rad etildi

    01.10.2023, 19:20

    Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

    25.09.2023, 14:10

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    23.09.2023, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.