Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 3-oktyabr kuni Og‘a Xon jamg‘armasining madaniyat masalalari bo‘yicha bosh direktori bilan uchrashdi.
Unga ko‘ra, qarorgohi Jenevada joylashgan Og‘a Xon jamg‘armasining madaniyat masalalari bo‘yicha bosh direktori Lui Monreal, jamg‘armaning madaniyat masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari She’roz Allibxay, Og‘a Xon jamg‘armasining Afg‘onistondagi madaniyat bo‘yicha bosh ijrochi direktori Ajmal Mayvandiy va YUNESKO sobiq bosh direktori Irina Bokova bilan uchrashuv o‘tkazilgan.
“Suhbatimizning asosiy mavzusi — Og‘a Xon jamg‘armasining butun dunyo shaharlari va tarixiy obidalarini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan “Tarixiy shaharlar” dasturi bo‘ldi.
⠀
Og‘a Xon jamg‘armasining madaniy meros ob’yektlarini asrab-avaylash bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi va yuksak nufuzi sharofati bilan O‘zbekistonning ikkita muhim obidasi: Samarqanddagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon majmualarining restavratsiyasi bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
⠀
Mazkur noyob tarixiy yodgorliklar mamlakatimiz va butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega. Ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Izoh (0)