Xitoy sharqidagi Anxoy provinsiyasida bortida yo‘lovchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Penpay” axborot portali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, aviafalokat 1-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Samolyot Anxoy Jinying (“Anxoy Oltin burguti”) aviaklubiga tegishli ekani xabar qilinmoqda.

Hozirda halok bo‘lganlar va jarohat olganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
19-avgust kuni Lxasa—Shanxay yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyotda yo‘lovchining poverbanki (zaryadlovchi qurilma) yonib ketgani sabab ekipaj samolyotni favqulodda qo‘ndirishga majbur bo‘lgandi.
Izoh (0)