Shavkat Mirziyoyev Qatarga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Shayx Hamad nomidagi xalqaro ayeroportda oliy martabali mehmonni Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Muhammad ibn Abdulaziz al-Hulayfiy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Bugun Dohada mamlakat yetakchisi Amir shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniy bilan muzokara o‘tkazdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori, strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qat’iy intilish bildirildi.
Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.
Shuningdek, prezident “Ekspo Doha — 2023” butunjahon ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi va boshqa taklif etilgan yetakchilar bilan birgalikda ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi. Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbari Qatarning yirik investorlari bilan qator uchrashuvlar ham o‘tkazdi.
Izoh (0)