Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent—Istanbul reysi bekor qilingani, lekin hech kim sababini aytmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Uzbekistan Airports qoldirilgan reys haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Turkish Airlines ning Toshkentdan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan THY-371 reysi texnik sabablarga ko‘ra bir necha soatga ushlanib qolgan. Natijada aviakompaniya reysni bekor qilishga qaror qilgan.
Jadvalga ko‘ra, bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan A-333 samolyoti Toshkent vaqti bilan 02:35 da uchishi kerak bo‘lgan. Biroq samolyotda texnik nosozlik aniqlangani sababli parvoz kechiktirildi. Yo‘lovchilar kutish zaliga joylashtirilib, issiq ovqat bilan ta’minlandi.
Ertalab aviakompaniya tomonidan ushbu reysni bekor qilishga va yo‘lovchilarni boshqa reyslarda Istanbulga tashishga qaror qilindi. Yo‘lovchilarga ovqatlanish va mehmonxonada joylashish ham taklif qilingan.
Izoh (0)