• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi portlashdan so‘ng shahar hokimi Shavkat Umrzoqov hududdagi mavjud tuman hokimlariga portlashdan zarar ko‘rgan xonadonlar hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini qisqa muddatda ta’mirlash kerakligi haqida topshiriq bergandi. “Daryo” ijodiy jamoasi shahar hokimi topshirig‘idan so‘ng, o‘tgan fursat davomida “Quruvchilar” mahallasida qanday ishlar amalga oshirilgani bilan qiziqib, mas’ullar hamda aholini suhbatga tortdi. 

    Foto: “Daryo”
    Yarim kecha uyquda yotganimizda katta portlash sodir bo‘ldi. O‘g‘limning oyog‘iga, kelinimning yuziga zarar yetgandi. Allohga shukr, chilladagi chaqaloqlarimizga hech narsa qilmadi. Kelinim va o‘g‘limni tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borib, yordam ko‘rsatishdi. Hozir to‘rt muchamiz sog‘, oyog‘imizda yuribmiz, — deydi suhbatdosh Klara Do‘stova. 
    Klara Do‘stova. 
    Foto: “Daryo”

    Suhbatdosh voqea sabab xonadon devorlari zararlanganini, eshik va deraza romlari o‘yilib tushganini, bugungi kunga kelib, mas’ullar uy ta’mirini boshlab yuborganini aytmoqda.   

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Deraza va eshik romlari zarbdan otilib ketgandi. Birorta sog‘ joyi qolmagandi. Bugungi kunga kelib, ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Biz yashab turgan ko‘p qavatli uy Yakkasaroy tumani hokimligiga topshirilgan ekan. Hokim boshchiligidagi barcha rahbarlar kecha-yu kunduz shu yerda. Uyimizda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Eshik va deraza romlari yangilanmoqda. Davlatmiz bu darajada g‘amxo‘rlik qiladi deb kutmagandik, — deydi suhbatdosh.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Portlash sodir bo‘lgan hududdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi Salomat Safarovaning bildirishicha, portlash ovozi uyni larzaga solgan. Uni qo‘rqtib yuborgan. 

    Foto: “Daryo”
    Dilshoda Avazova. 
    Foto: “Daryo”
    Gumburlagan ovozdan uyg‘onib ketdim. Derazadan qarasam, olov sachrayapti. Qo‘rqqanimdan baqirib, farzandimni quchoqlab, eshik tomonga qochdim. Eshiklar qulab tushib, chiqish eshigi ochilmay qoldim. Ortimdan boshqa farzandlarim yugurib keldi. Judayam qo‘rqib ketdim. Amallab ko‘chaga chiqqach, qo‘rquvimiz bosildi, — deydi Dilshoda Avazova.

    Uning aytishicha, aholiga yemak tayyorlash uchun har kuni qo‘ylar so‘yilmoqda.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Bu darajada e’tibor qaratiladi deb kutmagandik. Hamma joylar tozalanib, uylar ta’miri boshlab yuborildi. Yomon kayfiyatda yurgan qo‘shnimiz yo‘q. Har kuni uch mahal ovqat berishmoqda. Uyimizdagi singan oynalarni olib chiqib ketib, deraza va eshik oynalarini, romlarini almashtirishmoqda. Har kuni qo‘ylar so‘yilib, uch mahal ovqat berishmoqda, — deydi u.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Suhbatdoshlar yashovchi xonadonlar ta’miriga biriktirilgan Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinovning aytishicha, hududda boshlagan ta’mir ishlari bugun, 29-sentyabr kuni yakunlanadi. 

    Anvar Sayfutdinov.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Odatga ko‘ra, shaharda biror bir ko‘ngilsizlik yuz bersa, mavjud 12 ta tuman hokimlari birikib, muammoni yechishga harakat qilamiz. Yakkasaroy tumaniga 269 ta xonadondan iborat 21-A uy biriktirildi. Har bir xonadon egasi bilan suhbatlashib, tibbiy yordam, psixologik ko‘mak berishga harakat qilyapmiz. Ko‘rilgan talafotlar aniqlanib, 26 ta xonadonda joriy va kapital ta’mir ishlari boshlandi. 5 ta xonadondagi ahvol yomonligi uchun kapital ta’mirlanmoqda. 21 ta xonadonda esa joriy ta’mir ishlari olib borilmoqda, — deydi Yakkasaroy tumani hokimi.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Hokimning aniqlashtirishicha, 21-A uy xonadonlaridagi 40 dan ortiq rom yangilanmoqda. 52 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bir nafar fuqaroning olgan tan jarohati og‘ir bo‘lgani bois jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Portlashdan zarar ko‘rgan 4 ta xonadon vakillarining bolalari yoshligi, shuningdek, xonadoni bir xonali bo‘lgani uchun deraza oynalari sinib ketib, yashash uchun sovuqlik qilishi hisobga olinib, ular tumandagi mehmonxonalarning biriga vaqtincha yashash uchun joylashtirildi, — deydi tuman hokimi. 
    Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi
    Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi

    Anvar Sayfutdinovning qo‘shimcha qilishicha, Yakkasaroy tumaniga biriktirilgan hududga 10 ta brigada ishlamoqda. 

    Foto: “Daryo”
    Ikki kundan beri qozon qaynatganimiz yo‘q. Har kuni uch mahal ovqat bilan ta’minlashyapti. Olgan ovqatimiz ortib ham qolyapti. Sut va qatiq mahsulotlarigacha berishmoqda. Biz bunday e’tibordan juda xursandmiz, — deydi suhbatdosh.
    Salomat Safarova. 
    Foto: “Daryo”

    O‘zini Ahmadjon aka deb tanishtirgan suhbatdosh portlashdan so‘ng, barcha zararni o‘zimiz qoplaymiz degan xayolda yurganini, ammo bugungi kunda nafaqat uy ta’miri, odamlarning uch mahali ovqati ham davlat mablag‘lari evaziga qilinayotganidan hayratda ekanini aytmoqda. 

    Foto: “Daryo”
    Barchaning boshiga tushgan musibat ekan. Lekin tez orada ko‘rmagandek bo‘lib ketamiz. Biz bu darajada e’tibor bo‘ladi deb kutmagandik. Barcha bundan xursand. Biz ta’mirlash ishlarini ham o‘zimiz qilsak kerak deb o‘ylagandik, hukumat nafaqat uy ta’miri, odamlarga uch mahal ovqat berib, barchaga g‘amxo‘rlik qilyapti. Barchasi uchun rahmat, — deydi Ahmad To‘raboyev.
    29.09.2023, 21:38   Izoh (0)   13355
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergelidagi kuchli portlash oqibatida qancha binoga zarar yetgani ma’lum qilindi

    28.09.2023, 16:40

    Fotoreportaj: Sergelidagi portlash hududini tozalash ishlari, talafot oqibatlari

    28.09.2023, 16:41

    Sergelidagi portlash omborxona hududidagi yong‘indan keyin sodir bo‘lgan (video)

    28.09.2023, 18:30

    Sergelidagi portlash: 15 yoshli bola vafot etdi, minglab xonadonlar zararlandi (foto, video)

    28.09.2023, 18:37

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    28.09.2023, 23:16

    Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining sammitida uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi

    29.09.2023, 21:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.