• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2023-yil 1-oktyabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Quyida ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar taqdim etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi boshlanadi

    Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga, jumladan, faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha hamda aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi va (yoki) asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing beriladi.

    Bunda, 100 million so‘mgacha kreditlarni garovsiz, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati nazarda tutiladi:

    • qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalar 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga beriladi;
    • innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalariga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘lari ajratiladi.

    Elektr ta’minoti va gaz uchun tariflar o‘zgaradi

    Yoqilg‘i-energetika resurslari uchun yangi tariflar joriy etiladi. Isteʼmolchilarning 1- va 2-guruh toifasi uchun elektr energiyasi 1 kvt/soat uchun 1 000 so‘mgacha (NKMK, OTMK, O‘zbekiston metallurgiya zavodi, budjet tashkilotlari), qolgan biznes va yuridik shaxslar uchun kvt/soatiga 900 so‘mgacha oshirilmoqda. Tabiiy gaz tariflari esa NKMK, OTMK, “O‘zbekiston metallurgiya zavodi” va byudjet tashkilotlari uchun bir kubiga 1 800 so‘mgacha, boshqa tashkilotlarga kubiga 1 500 so‘mgacha miqdorda belgilanmoqda.

    Bunda joriy kuz-qish mavsumida aholi uchun isitish xizmatlari narxlari oshmaydi.

    Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.

    Bunday shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi. Biroq, byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar uchun amal qilmaydi.

    Davlat xizmatlari joylarga chiqqan holda amalga oshiriladi

    Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida — BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda — BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi. O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

    ID-karta va xorijga chiqish pasportlarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi

    Hukumat qarori bilan, 1-oktyabrgacha ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini fuqarolarning yashash joyiga pochta jo‘natmasi sifatida jo‘natish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan. 

    Davlatga tegishli suv omborlari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

    Davlatga tegishli suv havzalari foydalanish sharti bilan quyidagi faoliyat turlarini tashkil etish uchun elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali kamida 10 yilga ijaraga beriladi:

    • davlatga tegishli tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash uchun;
    • tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari — suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan, baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.

    Oltita hududda Kadastr muhandisi instituti joriy etiladi

    Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida Uy-joy fondiga kiruvchi ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etiladi. Malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga ko‘chmas mulk obyektlariga birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi.

    Ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi turoperatorlar xizmati baholanadi

    Umra xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etiladi.

    Ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha murojaatlar yagona tizim orqali amalga oshiriladi

    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi. Aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar mazkur axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

    Tadbirkorlarga moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qo‘llaniladi

    Tadbirkorlarga miqdori 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

    Tax Gap amaliyoti taqiqlanadi

    QQSni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsientini qo‘llash bekor qilinadi. 

    Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda yengilliklar beriladi

    Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi.

    Shaharsozlik sohasidagi ayrim mutaxassislarni sertifikatlash boshlanadi

    Buyurtmachi xizmatlarining loyiha boshqaruvi va texnik nazorat mutaxassislari, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati mutaxassislari, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, pudrat tashkilotlarining ichki nazorat mutaxassislarini o‘qitish va sertifikatlash yo‘lga qo‘yiladi.

    29.09.2023, 10:01   Izoh (0)   48607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMTning inson huquqlari bo‘yicha organlari qarori sud hukmini bekor qilishi mumkin

    29.09.2023, 09:56

    Toshkentning ikki tumani hududida elektr, yana ikkitasida esa gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    29.09.2023, 09:38

    Toshkent viloyatida qalbaki 10 ming dollarni 85 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

    29.09.2023, 09:21

    O‘zbekistonda 2022-yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen vaziyatlarda qancha odam halok bo‘lgani ochiqlandi 

    29.09.2023, 09:06

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    29.09.2023, 08:21

    Sergelida zarar ko‘rgan obyektlarni poytaxt tumanlari hokimliklari tiklab beradi

    29.09.2023, 08:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda amaldor aeroport xodimlari yuk haqini to‘lashni so‘ragani uchun ularning suyaklarini sindirdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 00:10

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.