• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Fuqarolar e’tirozi va korrupsiyaga sabab bo‘lmoqda”. Aviakassalardan chiptalar olishdagi muammo Senatda tanqid qilindi

    Oliy Majlis Senatining 29-sentyabr kuni o‘tkazilgan yalpi majlisida Uzbekistan Airways ga qarashli aviakassalardan chiptalar olishdagi muammo tanqid qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yalpi majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasidan avval senatorlar hududlarda olib borgan o‘rganishlari davomida aniqlangan mavjud kamchiliklar, fuqarolarning ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni ko‘tardi.

    Xususan, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov qo‘mitaga kelib tushgan murojaat asosida Uzbekistan Airways AJga qarashli aviakassalar faoliyati bilan bog‘liq ayrim muammolar sabablari dastlabki tarzda o‘rganilganini bildirib, aviachipta sotishda eskirgan byurokratik usullar hamon saqlanib qolayotganini aytdi.

    Qutbiddin Burxonovning ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 2015-yil 25-oktyabrdagi 75-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaning eskirgani, undagi tegishli normalarning takomillashtirilmagani fuqarolar uchun o‘rinsiz, mantiqsiz to‘siqlarni yuzaga keltirmoqda. Yo‘riqnoma  tegishli bandiga muvofiq, fuqarolar Uzbekistan Airways ga qarashli kassalardan o‘z yaqinlari uchun aviachipta sotib olmoqchi bo‘lsa, ulardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinmoqda. Pasportning asl nusxasini taqdim etmagan fuqarolarga esa aviachipta sotilmayapti.

    Oqibatda bu holat, ayniqsa, yaqinlari boshqa viloyatlarda yashayotganlar uchun qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda  va shu bois, yo‘lovchilarning haqli eʼtirozlari kundan-kunga ko‘paymoqda.

    Aviakompaniyaning uzairways.com.uz sayti orqali onlayn tarzda fuqarolik pasportining seriya raqami va amal qilish muddatlarini ko‘rsatgan holda aviachiptani qonuniy sotib olish imkoniyati esa mavjud.

    “Tabiiy savol tug‘iladi: agar shunday imkoniyat bo‘lsa, nima uchun Uzbekistan Airways ga qarashli kassalardan o‘z yaqinlari uchun aviachipta sotib olmoqchi bo‘lgan shaxslardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinmoqda?

    Nima uchun yuqorida qayd etilgan Yo‘riqnomaga pasportning seriya raqami va amal qilish muddatlarini ko‘rsatgan (pasport nusxasi orqali) holda aviachiptani sotib olish mumkinligi to‘g‘risidagi qoida kiritilmagan?”, — deydi Qutbiddin Burxonov.

    Uning qayd etishicha, aviakompaniya sayti yoki mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda zarur shaxsiy maʼlumotlarini kiritib aviachipta sotib olgan fuqaro davlat chegarasini kesib o‘tishda DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan kerakli baza orqali tekshiriladi va maʼlumotlar noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlangan taqdirda, davlat chegarasini kesib o‘tishiga ruxsat berilmaydi va masʼuliyat fuqaroning o‘zida qoladi.

    “Tabiiyki, bunday holatlar aviachiptalar savdosidagi korrupsiyaga ham sabab bo‘lmoqda, fuqarolarga yengillik berish o‘rniga faqat tashvish va qiyinchilik keltirmoqda”, — deydi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Senat yuqorida qayd etilgan muammoni hal etish uchun Yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan 2021-yilning 19-martida Uzbekistan Airways ga murojaat qilingan. So‘rov yuzasidan berilgan javobda “ushbu muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligi” maʼlum qilingan. Ammo bundan qariyb ikki yil oldin aniqlangan va so‘rovda ko‘rsatilgan muammolar hozir ham o‘z yechimini topmagan.

    Bundan tashqari, Transport vazirligiga senator murojaati takroran yo‘llangan. 2023-yilning 23-iyunida esa  Uzbekistan Airways boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari imzosi bilan Senatga yo‘llagan javobida hech bir asossiz bu muammoni hal qilish imkonsiz ekani maʼlum qilingan.

    “Nahotki, ham fuqarolar eʼtiroziga, ham korrupsiyaga sabab bo‘ladigan, ochiq-oydin ko‘rinib turgan bo‘shliqni bartaraf etib bo‘lmasa” — deydi deydi Qutbiddin Burxonov.
    29.09.2023, 14:46   Izoh (0)   7609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda avgust oyida YTHlar oqibatida 300 kishi halok bo‘ldi 

    29.09.2023, 13:36

    O‘zbekistonda o‘qituvchilarning huquqlari qatʼiy belgilangan qonun Senat tomonidan ma’qullandi

    29.09.2023, 13:16

    Davlat xaridlaridagi “o‘yinlar”: til biriktirish, raqobatga zid tenderlar, belgilangan tartiblarni buzish

    29.09.2023, 12:16

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    29.09.2023, 11:43

    Buxoroda 23 yoshli yigit o‘zini avtobus tagiga otib, joniga qasd qildi 

    29.09.2023, 10:54

    Toshkent viloyatida belgilanmagan joyga ikkinchi marta chiqindi tashlagan fuqaroning transporti musodara qilinadi

    29.09.2023, 10:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.