2022-yil kuzda Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yonida o‘zini portlatgan o‘zbekistonlik Xusanjon Osimiyga o‘limidan so‘ng hukm o‘qildi. Bu haqda Bosh prokuraturaga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Osimiy sud tomonidan xalqaro terrorchilik aktini sodir etishda aybdor deb topilgan. Osimiyning yaqin qarindoshlari uning vafoti munosabati bilan jinoiy ishni tugatishga rozi bo‘lmagani uchun Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, sud uning ishini ko‘rib chiqqan.
“Sud Osimiyning ‘Islom davlati’ xalqaro terrorchilik tashkiloti mafkurasini qo‘llab-quvvatlaganini aniqladi. 2022-yil 5-sentabrdan kechiktirmay, u ushbu tashkilotning Afg‘onistondagi bo‘linmasi tarkibiga kirgan. U Kobuldagi Rossiya elchixonasi binosining konsullik bo‘limiga kiraverishda portlovchi moslama yordamida xudkushlik hujumi uyushtirgan”, — deya ta’kidladi Bosh prokuratura.
Terrorchilik harakati oqibatida elchixonaning ikki nafar xodimi halok bo‘lgan.
Osimiyning harakatlari Rossiya Jinoyat kodeksining 205,5-moddasi 3-qismi, 361-moddasi 3-qismi (terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etish va xalqaro terrorchilik aktini sodir etish) bilan kvalifikatsiya qilingan.
“Sud Osimiyni unga qo‘yilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi. Uning o‘limi munosabati bilan jinoiy ish tugatildi”, — deyiladi prokuratura xabarida.
Izoh (0)