• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yod tanqisligi inson intellekti va IQ darajasi susayishiga sabab bo‘ladi

    O‘zbekiston yod tanqisligi kasalliklari keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kiradi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

    Qayd etilishicha, okean va dengizlardan uzoqlik, keskin kontinental iqlim sharoiti odamlar salomatligiga ham o‘z taʼsirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayrim kasalliklar borki, ular O‘zbekistonda surunkali tus olgan. Shulardan baʼzilari yod yetishmovchiligi sabab kelib chiqadi. Shu bois O‘zbekiston yod tanqisligi kasalliklari keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kiradi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘tkir global tibbiy-ijtimoiy va demografik muammo sifatida baholayotgan ushbu xastalik 130 dan ortiq mamlakatda uchraydi.

    Dunyo aholisining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ida uning rivojlanish xavfi yuqori. Shunday hududlarda yashovchi 740 million nafar kishida yod tanqisligi kasalliklarining turli ko‘rinishlari mavjud va ularning 50 million nafarida miya disfunksiyasi va aqliy zaiflik kuzatilishi kishini yana ham xavotirga soladi. Bu kabi holatlarning asosiy “aybdor”i — yod mikroelementidir.

    Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar ilmiy bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova ushbu moddaning muhim ahamiyati haqida fikr bildirdi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, yod mikroelementi inson organizmida qalqonsimon bez gormonlarining normal sintezlanishi uchun zarur. Yetarli darajada yod isteʼmol qilmaslik qalqonsimon bez funksiyasining buzilishiga olib keladi.

    “Ming afsuski, hozir yurtimizda yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish xavfi bo‘lmagan hududning o‘zi yo‘q. Deyarli barcha aholi vakillari ratsionida bu mikroeliment tanqisligi kuzatiladi”, — deydi Nasiba Alimova.

    Uning ta’kidlashicha, yodni inson organizmi ishlab chiqara olmaydi, faqat tashqi muhit orqali qabul qilishi mumkin. Yodga bo‘lgan ehtiyoj chaqaloqlarda kuniga 50 mikrogramm, 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 90 mikrogramm, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lganlar uchun 120 mikrogramm, o‘smirlar va kattalarda esa 150 mikrogrammni tashkil qiladi.

    Ayollarda homiladorlik va emiziklilik davrida yodga bo‘lgan ehtiyoj kuniga 200-300 mikrogrammgacha ortib ketadi. Chunki onaning tanasi yodni homila yoki emizikli bola bilan bo‘lishadi.

    “Tanadagi yod miqdorining doimiy kamayib borishi va qonda qalqonsimon gormonlar konsentratsiyasining pasayishi natijasida bola miyasining rivojlanishi buziladi.

    Yod tanqisligi sabab bolada og‘ir klinik kasalliklar, yaʼni endemik buqoq, jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanishdan orqada qolish, aqliy zaiflik paydo bo‘lishi kuzatiladi. Yod yetishmovchigidan kelib chiqadigan asoratlar perinatal va chaqaloqlar o‘limiga olib kelishi mumkinligini ham unutmaslik kerak”, — deydi mutaxassis.

    Yod yetishmovchiligi bolalarning:

    • 90 foizida nutq rivojlanishining orqada qolishi,
    • 80 foizida emotsional taʼsirchanlik va agressiya,
    • 30 foizida eʼtibor sustligi,
    • 20 foizida o‘z tengdoshlari va kattalar bilan muloqotning qiyinlashuvi,
    • 10 foizida aqliy rivojlanishning orqada qolishi kabi salbiy holatlar bilan namoyon bo‘ladi.

    Dunyo olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, yodning nisbatan kichik tanqisligi bo‘lgan hududlardagi maktab o‘quvchilarining 10 foizga yaqinida endemik buqoqning tarqalish xavfi mavjud. Bunday joylardagi aholining IQ darajasi va boshqa intellektual ko‘rsatkichlari o‘rtacha 10 foizga kamayishi kuzatilgan.

    27.09.2023, 10:39   Izoh (0)   7024
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatildi

    22.09.2023, 19:02

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    25.09.2023, 18:20

    Qariyb 22 mlrd so‘mlik shartnoma: O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga yetkazib beriladigan yod bo‘yicha tender o‘tkazilmagani aniqlandi

    26.09.2023, 15:42

    Ichki ishlar vazirligi nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar ro‘yxatini shakllantiradi

    27.09.2023, 10:23

    Toshkentda isitish magistralidagi nosozliklar sabab ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    27.09.2023, 10:17

    O‘zbekistonda ommaviy ahamiyatga ega noyob obyektlar eskiz loyihasi bo‘yicha arxitektura tanlovi o‘tkaziladi

    27.09.2023, 10:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.