• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan tonggi odatlar

    Mutaxassislar kunning birinchi yarmini qanday tashkil qilish vaznni saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqda. Quyida keltirilgan tonggi odatlar tezroq vazn yo‘qotishga yordam beradi.

    Foto: “Noviy ochag”

     

    Tezroq vazn yo‘qotish uchun qanday maslahatlarga amal qilish kerak? Kimdir kamroq ovqatlanishga harakat qiladi, boshqalar kunduzi ovqatlanishni qat’iy ravishda cheklashni afzal ko‘radi, ayrimlar ratsionidan ma’lum mahsulotlarni chiqarib tashlaydi. Ammo chiroyli qomatning siri kunning birinchi qismi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Nonushtani o‘tkazib yubormang

    Nonushta ko‘pincha kunning eng muhim taomi deb ataladi. Buning sababi shundaki, nonushta qilishni o‘tkazib yuborish va ishga shoshilish kunning oxirida shirinlik iste’mol qilish ehtimolini oshiradi. To‘yimli tonggi nonushta nafaqat tanadagi glyukoza zaxiralarini to‘ldirish orqali energiya darajasini oshiradi, balki tungi parhezni to‘xtatib, qomatni saqlab qolishga yordam beradi. Better Health ma’lumotlariga ko‘ra, ertalab nonushta qilish uchun vaqt ajratish vaznni yaxshiroq nazorat qilish, ikkinchi toifa diabet va yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga olib keladi.

    Nonushta uchun foydali mahsulotlarni tanlang

    Better Health o‘z vaznini barqarorlashtirmoqchi bo‘lganlarga nonushta uchun donli taomlarni iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Shuningdek, meva, yong‘oqlar va tabiiy yog‘li yogurt tanaga zarur bo‘lgan barcha moddalarning ajoyib manbai hisoblanadi. Parhezshunoslar kam yog‘li sut mahsulotlaridan voz kechishni maslahat beradi. Qolaversa, nonushta uchun eng foydali tarkibiy qism tuxumdir. U salat, pishirilgan loviya, sabzavotlar, avokado va ismaloq bilan iste’mol qilinishi kerak. Healthline’ning ta’kidlashicha, oqsilga boy mahsulotlardan tayyorlangan nonushta organizmdagi “ochlik gormoni” – grelin darajasini pasaytiradi.

    Tongni suv ichishdan boshlang

    Bu ko‘pincha vazn yo‘qotishda “minimal usul” deb ataladi. Bu bir stakan suvni qabul qilish energiya sarfini yoki organizm tomonidan yoqilgan kaloriyalar sonini kamida 60 daqiqaga oshirishi bilan izohlanadi. Healthline’ning so‘zlariga ko‘ra, tongni bir yoki ikki stakan suv bilan boshlash – vazn yo‘qotishni tezlashtirishning eng oson usuli hisoblanadi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Erta uyg‘oning va yegulik tayyorlang

    Odatdagidan atigi bir soat oldin uyg‘onish nafaqat foydali nonushta, balki ishga olib borish uchun tushlik ham tayyorlashga imkon beradi. Tushlik taomini sotib olish yoki yetkazib berishga buyurtma berish oson bo‘lsa-da, uyda tushlikni tayyorlash iste’mol qiladigan kaloriyalarni kuzatib borishini va ortiqcha miqdorini kamaytirishni osonlashtiradi. Umuman olganda ertaroq uyg‘onish kunni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida sog‘lom odatlar va to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishga undaydi.

    Ishga boradigan yo‘lda sayr qiling

    Sog‘lom bo‘lish nuqtayi nazaridan, hatto jamoat transportida yurish ham mashina haydashdan ko‘ra foydaliroqdir. Piyoda yoki velosipedda yurishning foydasini esa gapirmasa ham bo‘ladi. Buyuk Britaniya Milliy Tibbiyot kutubxonasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 822 ishtirokchini to‘rt yil davomida kuzatildi va ish joyiga mashinada kelganlarda boshqalarga qaraganda umumiy vazn ortishi aniqlandi. Shunday qilib, maslahat oddiy: hatto sovuq mavsumda ham piyoda yurishni kunning bir qismiga aylantirish kerak. Olimlarning ta’kidlashicha, faollik va erta uyg‘onish sovuq ob-havoda tetik bo‘lishga yordam beradi.

    Quyoshli kunda piyoda yuring

    Healthline ushbu maslahatni quyidagicha izohlaydi: “Quyosh nuri D vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, D vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vazn yo‘qotishga yordam beradi va semirishning oldini oladi”.

    Mashqlar bajaring

    Agar ishga piyoda borib bo‘lmasa, ertalab mashq qilish uchun vaqt ajratish kerak. Bu kunni boshlash, energiya orttirish va kaloriyalar sarflashning ajoyib usuli. Vazn yo‘qotish uchun sportning samaradorligi to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud, ammo ertalabki mashg‘ulotlarning foydasiga ishonadigan shaxsiy murabbiy Bredli Simmonds shunday deydi: “Men eng yaxshi deb hisoblangan vaqt – har doim mashq qilishni tavsiya qilaman. Ammo agar ertalab mashq qila olsangiz, bu kunni boshlashning eng yaxshi usuli. Ertalabki mashqlarning afzalliklaridan biri shundaki, u qondagi qand miqdorini kun davomida barqaror ushlab turadi, ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi”.

    27.09.2023, 10:48   Izoh (0)   8045
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nega erkaklarda vazn tashlash ayollarga qaraganda osonroq kechadi?

    08.02.2017, 13:04

    Besh yoki 10 ming qadam: sog‘lom bo‘lish va ozish uchun kuniga qancha piyoda yurish kerak?

    10.07.2023, 13:40

    Uill Smit 55 yoshni qarshi oldi: Gollivud yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar 

    26.09.2023, 11:44

    “Arab olamining Dianasi”: Saudiya Arabistoni ayollari haqidagi stereotiplarni o‘zgartirib yuborgan malika Amira at-Tavil haqida 

    26.09.2023, 10:53

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    26.09.2023, 09:40

    “Taksi” filmidagi komissar Jiber: Fransuz aktyori Bernar Farsi hozir qayerda? (foto) 

    25.09.2023, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.