• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Kamola Arslonova “Opa-singillar”ga qanday kelib qolgani, turk qaynonasining sevimli kelini ekani va Gavhar Sharipova bilan bog‘liq armoni haqida (video)

    Sobiq aktrisa Kamola Arslonova “Daryo”ning YouTube dagi kanaliga bergan intervyusida “Opa-singillar” serialiga taklif etilishi va qizini o‘zbek yigitiga turmushga berishni istamasligi haqida aytib o‘tdi.

    — “Opa-singillar” serialida aktyorlar kasting asosida taklif etilgani haqida eshitganman. Rejissor Zamira Begimqulova yuzlab qizlar orasida rolga moslarini tanlab olgan ekan. Ammo men hech qanday kastingsiz rolga taklif etilganman. Zamira Begimqulovaning oldiga borganman va bir necha daqiqa suhbatlashganmiz. Bir necha kundan keyin rolga tasdiqlanganimni aytishgan. Keyin bilsam rejissor serialdagi opa-singillarni nafaqat mahoratiga, balki bir-biriga o‘xshash qiyofada ekaniga ham ahamiyat bergan ekan. 

    Foto: “Daryo”

    Serial suratga olinganiga 10 yildan oshdi, ammo haligacha odamlar yaxshi xotiralar bilan eslashadi. Hatto, uni qayta-qayta tomosha qilishayotgani haqida aytishadi. Hozirgi seriallarga qaraganda, ancha saviyali ekani haqida atishsa quvonib ketaman. Ayol boshi bilan katta jamoani boshqarish Zamira Begimqulovaga oson kechmagan. Qisqa vaqt ichida hammamiz bir oiladek bir-birimizga yaqin bo‘lib ketgandik. Rahmatli Gavhar Sharipova bilan ham syomka maydonchasida yaqin bo‘lib ketgandik. Hayotidan ko‘p nolirdi. Kimdir bunga e’tibor berar, kimlardir eshitishni ham istamasdi. Tabiatan dardkash inson bo‘lganim uchun Gavhar opaga e’tiborsiz emasdim. U bilan shunchalik yaqin bo‘lib ketgandikki, turmushga chiqib ketganimdan keyin ham xabarlashib turardik. Bir kuni turmush o‘rtog‘imga Gavhar opaning suratini ko‘rsatsam, “Hayotda qiynalgan ayol ekan”, dedi. Chunki insonning ichidagi dardi ko‘zlarida namoyon bo‘lar ekan. O‘shanda uni Turkiyaga chaqirib, o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish haqida ham o‘ylagandik. Ammo yaxshilik qilaman, deb yomonlik qilib qo‘yishdan qo‘rqqanim uchun Gavhar opaga indamay qo‘ygandim. Ammo o‘limi haqidagi xabarni o‘qib, “Essiz o‘sha paytda nega Turkiyaga chaqirmadim. O‘limi haqida eshitganimda, balki bu yerda yashaganda bunday bo‘lmasmidi, deb o‘yladim. Ammo peshonaga bitilgan taqdirdan qochib qutilib bo‘lmaydi. Juda yaxshi, dilbar ayol edi, — deydi Kamola Arslonova.

    Turk oilasiga kelin bo‘lgan sobiq aktrisa Instagram tarmog‘iga “Turkni kelin, o‘zbek yigitini esa kuyov qilmayman”, degan videosi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. U nega bunday video joylaganini quyidagicha izohladi.

    Foto: “Daryo”

    — Mehnatkashlik, odob-axloq borasida o‘zbek qizlariga teng keladigani yo‘q. Qaynonam ham bir necha videolarimda “Eng yaxshi kelinim sensan”, deb aytib o‘tgan. Faqatgina ovsinlarim ranjib qolishlarini istamay, ularni tarmoqqa joylamaganman. Nazarimda o‘zbek kelinlari eshitishni va “ho‘p bo‘ladi” deyishni bilishadi. Faqat o‘zbek qizlari o‘z qadrini bilishni va o‘zlarini sevishni o‘rganishlari kerak. Turkiyada yashasam ham baribir O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman. Afsuski, oilamni tashlab tez-tez bu yerga kelish imkonim yo‘q. To‘rt yil deganda ota uyimga keloldim. Qizig‘i shundaki, farzandlarimga, xususan, qizimga O‘zbekiston begona, uning vatani Turkiya. U ham mendek Vatan sog‘inchi bilan yashashini istamayman. Onam “Yoshlikda tezroq farzandlaringni ko‘paytirib ol”, deb ko‘p aytadi. Yaqinda ham shu mavzu ko‘tarilganida “Ona sizning to‘rtta farzandingiz bor, ammo ularning hech bir yoningizda emas-ku”, deb aytib yuboribman. Taqdir taqozosi bilan men va singlim Turkiyada, opam Qozog‘istonda, ukam esa Rossiyada yashayapti. Katta hovlida esa onam yolg‘iz. To‘g‘ri yonida boshqa yaqinlarimiz bor, ammo ularning hech biri farzandlarning o‘rnini bosolmaydi.  Ukam Rossiyada tibbiyot sohasi bo‘yicha o‘qiydi. Singlim ham men kabi turk yigiti bilan oila qurgan. Opam esa turmush o‘rtog‘ining ishi sabab, oilasi bilan Qozog‘istonda yashaydi. Hech birimiz xorijda yashashni orzu qilmaganmiz, nachora taqdirimizga shu yozilgan ekan, — deydi sobiq aktrisa Kamola Arslonova.

    27.09.2023, 09:28   Izoh (0)   24238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    25.09.2023, 21:38

    “Ukrainada musofirchilik azobini tortganman”. Aktyorlikni tanlagan professional oshpaz — Umid Iskandarov 43 yoshda (foto, video) 

    26.09.2023, 15:58

    “Garri Potter”dagi Germiona — aktrisa Emma Uotson Oksfordga o‘qishga kirdi 

    25.09.2023, 19:52

    “Yaxshi xodimga yolchimadim”. Davron Kabulov kiyim do‘koni yopilgani hamda mehmonxona biznesini boshlagani haqida gapirdi (video)

    25.09.2023, 18:53

    “Million”ning Rossiyadagi konsertida ochiq kiyimda sahnaga chiqqan Nilufar Hamidova “O‘zbekkonsert” tomonidan ogohlantirildi 

    25.09.2023, 17:01

    Og‘ir darddan raqs yordamida xalos bo‘lgan, buvisining orzusini ro‘yobga chiqargan va taxallusi bilan tanilgan Dilnoza Safarova 36 yoshda (foto, video)

    25.09.2023, 10:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.