“O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingga aylantiriladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, muammolardan kelib chiqib, davlat rahbari soha oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni xoldingga aylantirib, tizimda zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, jumladan, infratuzilma, yuk vagonlari va logistika, yo‘lovchi tashish xizmatlari hamda vokzallar boshqaruvini bir-biridan ajratib, alohida korxonalar tashkil qilish bo‘yicha bildirilgan takliflar ma’qullandi.
Vagonlar parkini yangilashga mo‘ljallangan kredit va kompensatsiya ajratish mexanizmlarini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Izoh (0)