• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Nima sababdan chaqaloqlar tunda yaxshi uxlamaydi?

    Chaqaloqlarning uch oylik bo‘lgunigacha kuzatiladigan notinch uyqusi ota-onani ko‘p tashvishga soladi. Endigina uxlab qolgan chaqaloq uyg‘onib ketib, birdan qattiq yig‘laydi, qo‘l-oyoqlarini tipirchilatadi. Bunga nima sabab bo‘lishi mumkin?

    Foto: Lifehacker

    Chaqaloqlar qancha uxlashi kerak?

    Uyqu me’yori jajji odamlar hayotining dastlabki uch oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, 14—17 soatni tashkil qilishi kerak. Biroq bu raqamlar taxminiy, agar chaqaloq bundan ko‘p yoki kamroq uxlasa, lekin o‘zini yaxshi his qilsa, xavotir olishning keragi yo‘q.

    Uch oygacha bo‘lgan chaqaloqlar uyqusida:

    • skelet shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan somatotropin gormoni ishlab chiqariladi;
    • immunitetni tiklaydigan T-limfotsitlar faollashadi va virus hamda bakteriyalarni yo‘q qiladi;
    • to‘qimalarda metabolizm jarayoni kuchayadi;
    • hujayralar yangilanadi;
    • asab tizimi bo‘shashadi.

    Kichkintoylarning uyqusi ham kattalarniki singari ikki xil bo‘lishi mumkin:

    • Sekin uyqu davri: miya nofaol, tana bo‘shashgan, nafas olishi bir tekis va hotirjam, go‘dak to‘liq dam oladi, jismoniy kuchni tiklaydi.
    • Tez uyqu davri: yurak urishi, nafas olishi tezlashadi, qo‘l-oyoq, ko‘zlari harakatlanadi, tush ko‘radi.

    Uyqu vaqtida bu ikkala davr o‘zaro almashib turadi. Chaqaloqning uyqusi o‘ziga xos bo‘lib, uning asosiy qismini tez uyqu tashkil qiladi. Bu davrda bola uyqusida jilmayishi, oyoq-qo‘lini harakatlantirishi mumkin. Ulg‘aygan sari uyquning sekin davri ko‘payib, bola yanada tinchroq uxlay boshlaydi.

    Foto: Lifehacker

    Bezovta uyquning asosiy sabablari:

    • bolaning qorni to‘ymasligi — ochlik;
    • qorin dam bo‘lishi;
    • ortiqcha his-tuyg‘ular;
    • noqulay uyqu sharoiti;
    • organizmdagi kasalliklar;
    • intrakranial bosimning oshishi.

    Qorin to‘ymasligi

    Ona suti bilan oziqlanadigan bolalar ovqatlanish uchun har 1—3 soatda uyg‘onadi, sun’iy aralashmalarda har 2—5 soatda ovqatlanadi, chunki oshqozon-ichak trakti uchun bo‘tqaning hazm jarayoni uzoqroq davom etadi. Ko‘krak suti bilan oziqlanadigan kichkintoylarni ularning talabi bo‘yicha parvarishlash tavsiya etiladi. Bu bolaning oziqaviy ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki tinchlanishini ham ta’minlaydi. Ona bolasini ortiqcha ovqatlanishidan qo‘rqmasligi kerak, ular hech qachon kerakli miqdoridan ko‘p ovqat yemaydi.

    Bolaning qorni tez ochganligi uchun ham tez-tez uyg‘onadi. Bunga onadagi sutning kamligi sabab bo‘lishi ham mumkin. Ushbu vaziyatda bola uyqusida bezovta bo‘ladi, bundan tashqari, oziqa yetishmasa, vazni yetarlicha ko‘paymaydi, peshob chiqarishi kamayadi va terining qurishi kuzatiladi.

    Qorin dam bo‘lishi

    Olimlar fikriga ko‘ra, oshqozon-ichak yo‘llari hali butkul yetilmagan va nomukammal motor funksiyasi ichaklarda gaz hosil bo‘lishiga olib keladi va og‘riq beradi. Bunda bola bezovtalanadi, yaxshi ovqatlanmaydi, kekiradi, ko‘ngli ayniydi, ko‘pincha oyoqlari tepinadi. Ba’zida boshini orqaga tashlashi mumkin. Qorin dam bo‘lishi fiziologik me’yor bo‘lib, uch oydan oshgandan so‘ng o‘z-o‘zidan kamayadi.

    Foto: Lifehacker

     

    Bunday vaziyatda qanday yo‘l turish kerak?

    Ona parhezga ahamiyat berishi zarur: shirinlik, dukkakli mahsulotlar, sabzovotlardan karam, turp va gazli ichimliklarni iste’mol qilmasligi kerak. Sun’iy oziqlantirilsa, bo‘tqalarni to‘g‘ri tanlay bilish kerak.

    Ovqatlanayotganda burundan nafas olish, og‘izdan havo yutmaslik, ovqatlangandan so‘ng bolani tik holatda biroz ko‘tarish tavsiya etiladi.

    Ortiqcha his-tuyg‘u

    Dastlabki uch oyda eshitish va ko‘rish tez rivojlanadi. Chaqaloq eshitganlarini ko‘rganlari bilan taqqoslashni o‘rganadi va bir-biriga bog‘lashga harakat qiladi. Uyqu paytida bolaning miyasi uyg‘oqlik paytida olgan barcha taassurotlarni qayta ishlaydi va tahlil qiladi. Shuningdek, baland musiqa, ko‘plab odamlar, kuchli emotsiyalar — uyqu buzilishiga olib keladi.

    Noqulay uyqu sharoiti

    Xonadagi havo harorati 20—22 daraja, havo namligi 40—60 foiz, tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar, namlangan taglikni vaqtida almashtirish zarur.

    Somatik kasalliklar

    Chaqaloqlarda eng ko‘p uchraydigan somatik kasalliklar — burun bitishi va teri yallig‘lanishidir. Burun bitishi tufayli nafas olishi qiyinlashadi va uyqusi buziladi. Qizarish va qichishish terini yallig‘lantiradi va bolani bezovta qiladi. Bu holda shifokor bilan maslahatlashib, davolash choralarini ko‘rish kerak.

    Intrakranial bosim oshishi

    Miyaning biologik suyuqligi suv, aminokislotalar, fermentlar, mikroelementlardan iborat. U miya va orqa miya hujayralarini oziqlantiradi va metabolik chiqindilarni chiqarib tashlaydi. Suyuqlikning ko‘payishi intrakranial bosimning oshishiga olib keladi.

    Belgilari: sababsiz ko‘p yig‘laydi, uyqisi notinch bo‘ladi, ko‘p qayt qiladi, ishtaha kamayadi, boshi kattalashishi mumkin. Ushbu vaziyatda bolalar nevropatologi bilan maslahatlashib, davolash ishlarini olib borish zarur.

    25.09.2023, 13:44   Izoh (0)   12948
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Salkam 10 kilolik baxt: dunyodagi eng katta vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlar (foto)

    18.02.2021, 14:58

    Chaqaloqlar uchun: Nafaqat pulni behuda sarflash, balki bola uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyumlar

    10.05.2023, 19:40

    Issiq choy va ingalyatsiya: tumovni tezda tuzatishga yordam beradigan tavsiyalar 

    25.09.2023, 11:54

    Qovoq nimasi bilan foydali? Uni ratsionga kiritish uchun 10 ta sabab 

    22.09.2023, 15:42

    Kuzda tez-tez iste’mol qilish tavsiya qilinadigan, D vitaminiga boy mahsulotlar 

    22.09.2023, 14:04

    Yurak uchun parhez: Hayotiy muhim organ yaxshi ishlashi uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 

    22.09.2023, 11:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.