2020-yilda iqtidorli hamda ehtiyojmand talabalarga ta’lim granti va stipendiya ajratishga mo‘ljallangan “Metsenat.uz” loyihasiga asos solingan.
O‘tgan davr mobaynida homiylar ko‘magi bilan talabalarga jami 6 milliard 868 million so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Ushbu xayrli loyiha yana davom etadi. MCHJ “Taiba Finance” XK to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi ta’lim granti e’lon qiladi.
Onlayn ariza yuborish: https://imkon.uz/metsenat/125
Grantning maqsadi: ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarning ta’lim olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish;
Ta’lim granti haqida ma’lumot:
- Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat ta’lim muassasalari uchun
- Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
- Qaysi ta’lim shakli uchun: kunduzgi
- Necha kishiga beriladi: 30 nafar
- Ta’lim granti miqdori: to‘liq bir yillik stipendiyasiz shartnoma summasi
Hujjatlar 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so‘ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g‘oliblar aniqlanadi.
Onlayn ariza yuborish: https://imkon.uz/metsenat/125
Izoh (0)