• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Mana bu sochlarga qara. Menda qolgani faqat shular. Urush menga hech narsa bermadi… Tushunyapsanmi, hech narsa…” — “Yetti samuray” filmi haqida

    O‘qish davomiyligi: 7-8 daqiqa

    Yaponiyalik daho rejissor, mohir ssenariynavis Akira Kurosava kino tarixidagi eng mashhur va ajoyib shaxslardan biri hisoblanadi. Salkam 60 yillik ijodiy faoliyati davomida 30 ta film yaratgan. “Rasyomon”, “Yetti samuray”, “Qonga botgan taxt”, “Maxfiy qal’adagi uch muttaham” filmlari, “Jangchi soyasi” va “Ran” kabi kinokartinalari rejissorga o‘zi ham tasavvur qilolmaydigan shuhrat keltirgan.

    “Yetti samuray”ga o‘tishdan oldin “Rasyomon” haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak, chunki “Rasyomon” “Yetti samuray”ga qadar mukammallik vazifasini bajarib turgan. Albatta, samuraylardan keyin “Rasyomon”ning obro‘si to‘kilib qolmagan. Shunchaki bu film ajoyib etalon bo‘lib bergan. 1951-yili “Rasyomon” kartinasi “Хorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Undan keyin yaponlar bu sovrinni qo‘lga kiritishdimi, yo‘qmi, bundan xabarim yo‘q. Ammo Kurosava yapon kinematografiyasi xalqaro miqyosda e’tirof etilishini shu yutuqlar bilan boshlab bergan. Kurosavaning jahon kinosiga ta’siri ko‘lamini uning kartinalaridan olingan ko‘plab iqtiboslar, remeyklar bilan baholash mumkin.

    Filmdan kadr

    Kurosavaning qachon va qayerda tavallud topganidan uning hayotidagi boshqa “siri” qiziqroq deb o‘yladim. Akiraning shajarasiga e’tibor bergan holda ochiqlashga urinib ko‘ramiz: rejissor ildizi qadimgi samuraylarga borib ulanuvchi oilada tug‘ilgan. Yapon an’analari himoyachisi, G‘arbda mashhur mifologik samuray obrazini Kurosavaning o‘zi ham qo‘llab-quvvatlagan, masalan, tarjimayi holida buni yaqqol ifodalagan. Shu bilan birga, uning filmlari Yevropa va Amerika kinosidan olingan o‘zlashtirmalarga to‘la. Qaysilari ekanligini “Yetti samuray”ni ko‘rgan odam bittada payqay oladi. Agar payqamasangiz, maqola oxirida keltirib o‘taman. Keling, “Rasyomon”dan boshlaymiz.

    “Rasyomon”

    “Rasyomon” — melodrama, mistik triller hamda komediya elementlarini o‘z ichiga olgan detektiv asar bo‘lib, jahon kinematografiyasining yuksak cho‘qqilaridan biridir. Kurosavani urushdan keyingi dunyoda falsafiy izlanishlar, madaniy va siyosiy o‘zgarishlarni aks ettiruvchi voqelikni subyektiv idrok etish mavzusi qiziqtirardi. Film yapon yozuvchisi Akutagava Ryunoskening “Changalzorda” hamda “Rasyomon darvozasi” hikoyalari asosida suratga olingan.

    Film voqealari XI asrda ijtimoiy mojarolar va klanlar o‘rtasidagi nizolardan bezgan Yaponiya zaminida bo‘lib o‘tadi. Uch erkak jaladan qochib, Rasyomon darvozasining tomi ostiga yashirinadi. Ko‘hna tomdan loyqa suv oqar, erkaklar esa oshiqmay suhbat qurardi. Ulardan ikkisi o‘zi befarq qoldira olmagan sud ishida ishtirok etgandi. Samuray o‘ldirilgan, rafiqasining sha’ni toptalgan... Lekin bu qanday yuz bergan? Kurosava bizga hodisaning to‘rt versiyasini ko‘rsatadi va ularning barchasi bir-biriga zid.

    Filmdan kadr

    Qotillik va zo‘rlash changalzorda — tartibsiz sharoitida ro‘y beradi. Bu esa qahramonlarni me’yorlarga rioya qilish, instinkt va his-tuyg‘ularni bostirish majburiyatidan qutqaradi. Fojiaviy sahnalar iloji boricha ishonarli tarzda suratga olingan. Biz har bir hikoyachining variantini uning ko‘zi bilan emas, balki chetdan kuzatganday bo‘lamiz. Kamera qahramonlarni eng kutilmagan rakurslarda ko‘rsatadi. Daraxt shoxlari orasidan charaqlab tushayotgan quyosh nurlari aktyorlar yuzida nur va soya o‘yinini aks ettirib, ulardagi kechinmalarni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Hamma narsa haqiqatga eltayotganiga ishora qiladi, lekin haqiqat qo‘ldan sirpanib chiqib ketaveradi. Xullas, kinoda falsafiy ishoralar bisyor. Har biri haqida to‘xtalsak, bu maqolaning oxiri bo‘lmaydi. Film so‘nggida nihoyat yomg‘ir tinadi va Rasyomon darvozasi tomondan quyosh chiqadi. Uning nurlari yorqin kelajakning siyqa metaforasi emas, balki borliq qonuniyatlarining bayonidir. Quyosh nurlari murosasiz, hali ham mavjud. Yomg‘ir abadiy yog‘a olmaydi, quyosh har kuni porlamaydi, tevarak-atrof tinimsiz o‘zgarib turadi va inson ham shu dunyoning ajralmas bir bo‘lagidir.

    “Rasyomon”da boshlangan mukammallashgan, yapon falsafasi uyg‘unlashgan samuray obrazini dekonstruksiya qilish “Yetti samuray” nomli betakror blokbasterda davom ettirilgan. Bo‘yoqdor jang sahnalari bir vaqtning o‘zida uchta kamerada suratga olingan, bu esa Kurosavaning o‘ziga xos texnikasi edi.

    Filmdan kadr

    Ikki qismli sujet liniyasi

    “Yetti samuray” filmidagi voqealar Yaponiya tarixidagi Sengoku davrining 1580-1590 yillarini yoritgan. Ssenariyning ichki mojarolar bilan davom etayotgan Sengoku davrini, jinoyatchilik avj olgan pallalarni, qiyinchilik va xo‘rlikda kun ko‘ruvchi dehqonlar, ziroatchilar hayotini va o‘ziga xos samuraycha janglarni qamrab olgani filmni muvaffaqiyatga erishishga ulkan hissa qo‘shgan.

    syujet liniyalari filmda ikkita. Birinchi qism bir to‘da kallakesar jinoyatchilarning oddiy dehqonlar qishlog‘iga hujum uyushtirish rejasi bilan boshlanadi. XVI asr ikkinchi yarmi. Ichki urushlar va davlatdagi doimiy tartibsizliklar natijasida eng ko‘p aziyat chekkan dehqonlar — mamlakatning eng kuchsiz qatlamiga aylanib ulgurgan. Ularning hatto eng fundamental haq-huquqlari himoya qilinmagani uchun dehqonlar qaroqchilarning asosiy o‘ljasi bo‘lib qolgan.

    Dahshatli azoblarni boshdan kechiruvchi, lekin jang qilishni bilmaydigan aholining tinkasi qurigach, o‘zlari uchun samuray yollashni reja qiladi. Ular uchun oziq-ovqatdan boshqa narsa vaʼda qila olishmagani uchun dehqonlar roninlar — xo‘jayinini yo‘qotgan, moddiy qiyinchilikda yashayotgan samuraylarni yollashadi. Turli xarakter, tajriba va hayot tarziga ega bo‘lgan yetti samuray to‘planganida, ular qaroqchilarga qarshi jang rejalarini tuzishni boshlaydi. Shunday qilib, birinchi qismi samuraylarning bir-birlari va qishloq aholisi bilan tanishishi orqali nihoyasiga yetadi.

    Syujetning ikkinchi qismi esa asosan janglar bilan davom etadi. Samuraylar ayg‘oqchilik uchun kelgan uch qaroqchini ushlagach, ularning qishloqqa hujum rejalaridan boxabar bo‘lishadi. Shimada Kambey boshchiligida ish ko‘rayotgan samuraylar talonchilarga qarshi kuchli strategik rejalarni tuzishadi. Qaroqchilar qishloqqa hujum qilganida esa ular samuraylarning mohirona o‘ylab topilgan pistirmasiga tushadi. Kutilmagan jang natijasida ko‘plab talonchilar halok bo‘ladi. Bir kun ichida uch marta qayta hujum uyushtirib ham qishloqni egallay olmagan qaroqchilar chekinishga majbur bo‘ladi. Jang natijasida nafaqat qaroqchilar, balki ko‘plab oddiy dehqonlar va samuraylar halok bo‘ladi. Ertasi kuni yakuniy hujumni boshlagan qaroqchilar samuraylar qo‘ygan tuzoqqa kelib tushadi. Tirik qolgan 13 nafar talonchilarning barchasi ushbu so‘nggi jangda halok bo‘ladi. Yakuniy jangdan so‘ng esa faqatgina uch nafar samuray tirik qoladi. Dehqonlar bilan birga marhumlarni qabrga ko‘mgan Kambey ushbu jangda samuraylar ham mag‘lubiyatga uchraganini, faqatgina dehqonlar g‘alaba qilganini aytib o‘tadi.

    Foto: IMDb

    Tahlilsifat xulosa

    Ha, bir o‘qishda juda sodda sujetdek taassurot qoldiradi, ammo filmning o‘zini ko‘rgach, bunday fikrga kelmasligingizga kafolat beraman. Undagi mana shu oddiylik butun kino davomida donishmandlik taratadi. “Yetti samuray” filmi ajoyib jang sahnalarini, inson xarakterini ochib berishdagi turli talqinlarni, shaxsning axloqiy va ruhiy ko‘rsatkichlarini, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashlarni va insonning doimiy ezgulikka intilishi kerakligini ko‘rsatib bergan o‘tkir dramatik ziddiyatlar ustiga qurilgan ssenariy asosida yaratilgan. Filmda inson tabiati neytral ko‘rinishda aks ettirilib, uyat hissi jamiyat tomonidan yakka shaxslarni nazorat qilish uchungina qo‘llanilishini ko‘rsatgan. Samuraylar dehqonlarni himoya qilgani uchun ham tirik qolgani, faqatgina o‘zini o‘ylash esa o‘limga olib kelgani film egoistlik qilmay, boshqalarni o‘ylash kerakligini ko‘rsatib bergan, o‘z navbatida, yaxshilik mezonlarini qayta tasniflagan.

    Individuallik va javobgarlik hislari kesishgan pallada samuraylar uchun yaralgan axloqiy dilemmaning ahamiyati keyinchalik ularning shaxsiy rivojlanganida bo‘y ko‘rsatganini ochib bergan. Eng ajoyib tarafi, kinoda yaxshilik va yomonlik nisbiy tushuncha sifatida ko‘rsatilgan. Aynan emas, samuraylar hayoti davomida boshidan o‘tkazgan tajribalari orqali taroziga tortilgan. Ya’ni kimdir to‘g‘ri deb bilgan narsani kimdir rad etgan — ular yillar davomida shakllangan axloqiy tamoyillari asosida shunday xulosa qilishgan. Mutlaq axloq qoidalari yo‘qligi qaroqchilarning yaxshilik mezonlari dehqonlarga hosillarini yig‘ib olishga vaqt bergani bilan ko‘rsatilgan.

    Filmda shu bilan birga sinfiy iyerarxiya ham kuchli tanqid qilingan. Sengoku davridagi dehqon yoki kambag‘al oilada tug‘ilganlar azobda yashashi, hayotini yaxshilashga zarracha imkonlari bo‘lmasligi — ularning ushbu taqdirga sinfiy tabaqa sabab mahkum qilinganini tomoshabinga yetkazishga harakat qilgan. Albatta, iyerarxiya bundan keyin ham, Akira davridan keyin ham demoqchiman, davom etdi, bir kino, u qanchalik ohangrabodek odamlarni o‘ziga jalb qilmasin, tabaqalanishga chek qo‘yishi qiyin edi.

    “Yetti samuray” jangari janridagi ilk zamonaviy film ham hisoblanadi. Filmda jangdagi har bir insonning ahamiyati bosh qahramonning o‘lganlar sonini hisoblab ketishi bilan muvaffaqiyatli tarzda ko‘rsatilgan.

    Foto: IMDb

    “Yetti samuray” filmi ko‘plab remeyklar orqali yaratilgan “Qoyilmaqom yettilik” filmlariga, Serjo Leonening eng mashhur “Dollar trilogiyasi”ga, “Yulduzlar jangi” franshizasiga, eng mashhur trilogiya hisoblangan “Uzuklar hukmdori” filmlariga, “Matritsa” trilogiyasining yakuniy qismiga, Kventin Tarantinoning “Ozod Jango” filmiga, shu bilan birga, “Telba Maks”, “Adolat ligasi”, “Qasoskorlar” (Ha, noto‘g‘ri o‘qimadingiz, “Qasoskorlar”ni ham ruhlantirgan kino shu bo‘ladi — to‘liq deyolmayman-u, ta’siri bo‘lgan) kabi filmlarning yaralishiga kuchli taʼsir o‘tkazgani bilan ajralib turadi.

    Yuzlab postmodern filmlarning asosi bo‘lgan “Yetti samuray” ko‘plab mashhur rejissorlarning eng sevimli filmi bo‘lishi bilan birga, o‘zini betakror munaqqidman, deydigan barcha kino tanqidchilar tomonidan ko‘rish shart bo‘lgan film deb yuritiladi.

    Azizbek Yusupov

    25.09.2023, 23:20   Izoh (0)   14487
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Biz askarlarga boshqalarni o‘ldirishni o‘rgatamiz, lekin samolyotga ‘la’nati’ deb yozishsa, ularni axloqsiz deb ataymiz!” — “Bugungi Apokalipsis” filmi haqida 

    10.09.2023, 08:04

    “Men esa yetarlicha qarib bo‘lganman. Endi ulg‘ayishim kerak…” — “Leon” filmi haqida

    16.09.2023, 22:46

    “Bolalikda vaqt juda sekin o‘tayotgandek tuyuladi... va keyin bum! Qarabsizki, ellik yoshdasiz, zanglagan quticha esa yagona xotirangiz bo‘lib qoladi”. “Ameli” fil...

    20.09.2023, 00:17

    “Avatar”, “King Kong” va kino tarixidagi eng qimmat maxsus effektlardan foydalanilgan boshqa filmlar 

    22.09.2023, 16:58

    Omadsiz turmush, yaqin insonlarining o‘limi va qayta qozonilgan mashhurlik. “Bobbi” filmi yulduzi Dimpl Kapadiya haqida

    22.09.2023, 12:31

    Kianu Rivz “Jon Uik 4”da bosh qahramonning o‘limini o‘zi iltimos qilgani ma’lum bo‘ldi

    21.09.2023, 12:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT Isroil armiyasi va xavfsizlik kuchlarini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

    Dunyo | 20 iyun, 17:45

    Aktyor Burak O‘zchivit imijini o‘zgartirdi — muxlislar uni tanimay qolishdi (foto)

    Kino | 20 iyun, 17:37

    “Daryo” tanqididan so‘ng Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:34

    Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:24

    O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududga chigirtka tarqalgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:15

    Rossiya ukrainaliklarga yordam bergan faolni 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi

    Dunyo | 20 iyun, 17:07

    Endokrinolog B guruhi vitaminlari onkologiya xavfini oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 16:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.