STADA kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqot-so‘rovga ko‘ra, yevropaliklar orasida eng katta tashvish — saraton kasalligi hisoblanib, 79 foiz ishtirokchi uni eng ko‘p qo‘rqadigan uchta kasalliklar qatoriga kiritgan. O‘zbekistonda respondentlarning 20 foizi saraton kasalligini qayd etgan.
O‘zbekiston fuqarolari Yevropa va Qozog‘istonning o‘rtacha aholisiga qaraganda, nevrologik kasalliklardan ko‘proq xavotirga tushishini taʼkidlagan: respondentlarning 23 foizi Parkinson kasalligi, 22 foizi demensiyani qayd etgan.
Umuman olganda, STADA Health Report 2023 maʼlumotlari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida Yevropaning aksariyat mamlakatlariga xos bo‘lgan o‘xshash tendensiyalarni kuzatmoqda.
Ma’lumot uchun, STADA kompaniyasi surunkali kasalliklarga munosabat, psixologik salomatlik, urush va inqiroz oqibatlari, umumiy sog‘liq kabi masalalarni o‘z ichiga olgan tadqiqot-so‘rov natijalarini eʼlon qildi. So‘rovnomada 2000 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etgan.
Izoh (0)