Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan qattiq tashvishda ekani aytildi.
Prezident matbuot kotibining maʼlum qilishicha, davlat rahbari viloyat hokimi va masʼullarga bu bo‘yicha topshiriq berdi.
“Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan qattiq tashvishda, ular tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi. Davlat rahbari bu boradagi vaziyat to‘g‘risida axborotni muntazam olib bormoqda. Viloyat hokimi va masʼullarga masalani alohida nazoratga olish, sabablarini aniqlash va tegishli takliflar kiritish bo‘yicha topshiriqlar berilgan”, — deydi prezident matbuot kotibi.
Avvalroq SSV maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’molini to‘xtatishga ko‘rsatma bergandi.
Izoh (0)