So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12280.01
    • RUB 138.69
    • EUR 13415.91
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Sohani rivojlantirishga chindan ham ko‘maklashmoqchimisiz?” — Toshkent shahar MMTB ota-onalarga murojaat qildi

    21 sentabr, 22:33 7024

    Ijtimoiy tarmoq sahifalarida poytaxt umumtaʼlim maktablarida sinf fondi va boshqa tadbirlar uchun ota-onalardan pul yig‘ilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabarlar yuzasidan ota-onalarga murojaat qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unga ko‘ra, bu kabi xabarlar isbotsiz va maʼlumot soha xodimlarining faoliyatiga xalaqit qilib, ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘ymoqda. Shu sababli boshqarma ota-onalardan yolg‘on xabarlar tarqatmaslikni so‘ragan. 

    “Bugun mamlakatimiz maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida keng ko‘lamda islohotlar amalga oshirilmoqda. Siz sohani rivojlantirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga rostan ko‘maklashmoqchimisiz?! Biz bundan juda xursand bo‘lamiz. Faqat sizlardan iltimos, joylardagi holat yuzasidan aniq dalil va isbotlari bilan murojaat qilishingiz so‘raladi xolos. Bu kabi isbotsiz maʼlumot soha xodimlarining faoliyatiga xalaqit qilib, ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘ymoqda.

    Har bir taʼlim muassasasi o‘z maʼmuriyatiga ega, har bir sinfning rahbari, maktab direktorining o‘quv ishlari, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyat ko‘rsatadi. Shunday ekan, hech bir asosga ega bo‘lmagan yoki sizni o‘ylantirayotgan masala yuzasidan avvalo o‘z farzandingiz taʼlim olayotgan dargoh mutasaddilariga murojaat qilsangiz, olam guliston. Keyingi paytlarda yuqoridagi kabi asossiz va noto‘g‘ri maʼlumotlarning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ketma-ket chop etilayotganligi kishini o‘yga toldiradi, albatta. 

    O‘z navbatida shuni unutmaslik kerakki, yuqoridagi kabi asossiz va yolg‘on maʼlumotlarni tarqatgan shaxsga nisbatan qonunchiligimizda tegishli javobgarliklar belgilab qo‘yilgan.

    Agar rostan ham taʼlim muassasasida farzandingizga nisbatan nohaqlik, biror adolatsizlik yuz bergan bo‘lsa yoki korrupsiya holatiga duch kelsangiz, Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishonch telefoni +998 71 237 08 93 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling”, deyiladi murojaatda.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Prezidentlik ozodlik kartochkasi emas”. Sud Trampning Kapitoliyga bosqin ishini yopish haqidagi iltimosini rad etdi

    Bugun, 16:25

    “Bavariya” va “Union” o‘rtasidagi uchrashuv kuchli qor yog‘ishi tufayli qoldirildi

    Bugun, 16:19

    Biznesga sarmoya kiritgan, albom tayyorlagan va kitob yozgan: Turk seriallari yulduzlari suratga tushishdan tashqari qanday ishlar bilan band?

    Bugun, 15:55

    Isroil—HAMAS urushida qurbon bo‘lgan falastinlik bolalar soni ma’lum qilindi

    Bugun, 15:30

    Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirdi

    Bugun, 15:05

    Kanal qaziyotgan hokim, ariqlarni betonlashga kirishgan hasharchilar: Qashqadaryoda prezidentning kanallarni betonlash bo‘yicha topshirig‘i ijrosiga kirishildi

    Bugun, 14:45

    Shavkat Mirziyoyev Dubayda BAA investitsiya vaziri, TAQA va Masdar kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

    Bugun, 14:18

    “Manchester Yunayted” stadioniga tashrif buyurgan mehmonlar ovqatdan zaharlanganidan shikoyat qildi

    Bugun, 14:16

    Oq non va qovurilgan yeguliklar qanday qilib miya salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi?

    Bugun, 13:55

    Toshkentda “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan shaxs qo‘lga olindi

    Bugun, 13:50

    Tavsiya etamiz

    Trassaga qulagan vertolyot, avtobus bekatidagi otishma, uyida 555 ta archa bezatgan oila — 1-dekabr suratlari

    23:00 / 01.12.2023

    Abdulla Qodiriy hukumatni obro‘sizlantirishda ayblangandan 100 yil o‘tib oqlandi

    17:00 / 01.12.2023

    “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha yana bir guvoh ayblanuvchi sifatida qamoqqa olindi. U tergov qilinayotgani uchun sud bir oy muddatga tanaffus e’lon qildi

    15:00 / 01.12.2023

    Yesa bo‘ladigan itlar uyushmasi, hordiq chiqarayotgan Isroil askarlari, ko‘cha rassomining ko‘rgazmasi — 30-noyabr suratlari

    23:00 / 30.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.