Namangan viloyatining Chust tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Viloyat IIB YHXB maʼlumotlariga ko‘ra, Namangan—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi haydovchisi ehtiyotsizlik natijasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Damas hamda Labo avtomashinalari bilan to‘qnashgan.
Damas haydovchisi va 4 nafar yo‘lovchisi hodisa oqibatida olingan tan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Yo‘lovchilarning bari ayollar ekanligi aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)