Toshkent shahrining ikki tumani: Uchtepa va Sergelida 20-sentabr kuni vaqtincha elektr energiyasi o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 20-sentabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Uchtepa tumani: “Degrez” va “Ko‘kcha Oqtepa” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Sergeli tumani: “Xonobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)