Toshkent tumanlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan Bektemir va Sergeli tumanlarining baʼzi mahalla va ko‘chalarida gaz taʼminoti qisman to‘xtatiladi.
Bektemir tumani (09:00 dan 19:00 gacha) “Iyk ota” va “Gulbog‘” mahallalari:
- aholi xonadonlari soni – 1900 ta;
- ulgurji iste‘molchilar soni – 62 ta.
Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha) “No‘g‘ay” qo‘rg‘on, “Kubaytepa” va “Qutbaraka” mahallalari:
- aholi xonadonlari soni – 1301 ta;
- ulgurji iste‘molchilar soni – 14 ta.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Bundan oldin Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda sakkiz oyda 390 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani, Energetika vazirligi zapravkalarga kunlik limit qo‘yilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)