Rus ommaviy axborot vositalari rahbarlari Rossiya prezidenti ma’muriyatidan Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidenti deb atashni to‘xtatishni talab qiluvchi ko‘rsatma oldi. Bu haqda 18-sentabr kuni “Xolod” nashri xabar berdi.
Ushbu talab barcha turdagi ommaviy axborot vositalariga, jumladan, telekanallar va onlayn nashrlarga ham taalluqli, dedi “Xolod”ga shunday buyruq olgan OAV xodimlari.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Kreml o‘z nazorati ostidagi tahririyatlar: “TASS”dan “Ridovka”gacha yangi standartlarni o‘rnatishga harakat qilmoqda.
Kreml vakillari nashrlarda Vladimir Zelenskiyning lavozimini eslatmaslik yoki uning faoliyatini yoritishda “Zelenskiy rejimi” iborasini ishlatishni taklif qilmoqda. Sarlavhalardan tashqari, ushbu talab material matnining boshqa qismlariga ham tegishli. Ayni paytda asosiy e’tibor yangiliklar agregatorlarida ma’lumot uzatilganda sarlavhalarda Vladimir Zelenskiyni prezident deb atamaslikka qaratilgan.
Izoh (0)