• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Boshsiz chavandoz” namoyishiga 50 yil to‘ldi: O‘z davrining eng qo‘rqinchli filmlaridan biri qanday suratga olingan?

    Kino ixlosmandlari sevib tomosha qiladigan navbatdagi retro filmni yodga olishda davom etamiz. Film namoyishiga 50 yil − yarim asr bo‘lgan “Boshsiz chavandoz” muxlislari kino haqida qiziqarli ma’lumotlar hamda bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor Oleg Vidov va mahoratli aktrisa Lyudmila Savelyevaning hayoti qanday kechganini bilib olishlari mumkin.

    Foto: YouTube

    Sovet Ittifoqi va Kuba hamkorligida suratga olingan “Boshsiz chavandoz” filmi 1973-yil 25-iyulda Moskvaning “Rossiya” kinoteatrida namoyish etilgan. Film ssenariysi Mayn Rid tomonidan 1865-yilda yozilgan “Boshsiz chavandoz” romaniga asoslangan.

    Foto: YouTube

    Filmda aks etgan voqealar XIX asrning o‘rtalarida Amerikada sodir bo‘ladi. Badavlat Vudli Poyndekster oilasi − uning o‘g‘li Genri, qizi Luiza va jiyani, iste’fodagi kapitan Kassiy Kolxaun bilan birgalikda Luizana shtatidan Texasga ko‘chib ketayotganda adashib qoladi. Ularga yo‘lni topishda mahalliy otboqar, irlandiyalik yosh Moris Jerald yordam beradi. U o‘zining beg‘araz ko‘magi bilan Poyndeksterning hurmatiga sazovor bo‘ladi, o‘g‘li Genri esa uni o‘ziga sodiq do‘st deb biladi. Luiza olijanob va jasur Morisga ko‘ngil qo‘yadi. Afsuski, Luizani avvaldan yoqtirib yurgan Kassiy uning ko‘nglini zabt etgan texaslik raqibidan nafratlana boshlaydi. Omadi chopgan raqibni yo‘ldan olib tashlash niyatida qabih rejalar tuzib, uni amalga oshirish uchun qulay fursat kutadi.


    Bir kuni Moris Genri bilan qattiq janjallashib qoladi, ertasi kuni esa mahalliy aholi Genrining otini qonga belanib yotganini ko‘radi, uning o‘zi esa izsiz g‘oyib bo‘lgandi. Uning yo‘qolib qolishida Morisning ham aloqasi borligiga shubha yo‘q edi. Sababi bir kun avval Moris do‘sti bilan uchrashishga, undan kechirim so‘rashga borganini ko‘rishgan edi. Tongda esa Genri plash kiygan va qonga belangan holda topiladi. Ko‘p o‘tmay dashtda tashqi ko‘rinishi barchani dahshatga soladigan boshsiz chavandoz paydo bo‘ladi.

    Foto: YouTube

    Oleg Borisovich

    Film bosh qahramoni − Moris Jerald rolini ijro etgan Oleg Borisovich Vidov 1943-yil 11-iyunda Moskvada tug‘ilgan. Bolaligidanoq otasi tomonidan tashlab ketilgan Oleg yetarlicha e’tibor ko‘rmaydi. Undagi teatr hamda san’atga bo‘lgan mehrni onasi va xolasi uyg‘otadi. Aktyorning bolaligi jahongashtalik bilan o‘tgan desa ham bo‘ladi. Sababi u Mo‘g‘uliston, undan so‘ng Germaniyaga borib yashashga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, u 6 yoshda nemis tilida ravon so‘zlasha olgan. Keyinchalik onasi Xitoy va Ruminiyaga ishlashga ketganida, xolasi bilan birga Qozog‘istonda ham bir muddat yashaydi.

    Foto: YouTube

    Oleg 14 yoshga to‘lganida onasi nogiron bo‘lib qoladi va shundan so‘ng  maktabni tashlab, ilk mehnat faoliyatini boshlaydi. Dastlab Moskvada oshpaz yordamchisi, keyin qurilishda yuk tashuvchi, omborchi va elektrchi bo‘lib ishlaydi. 1960-yilda u N.E.Bauman nomidagi 29-sonli shahar kasalxonasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida sanitarlik qiladi. O‘sha paytda aktyor shifokor bo‘lishni ham orzu qilgan. Shuningdek, u ishchi yoshlar uchun mo‘ljallangan kechki maktabda ham tahsil olgan.

    Foto: Yandex

    U birinchi marta 1960-yil “Mening do‘stim, Kolka” filmida kichik rol o‘ynaydi. Ammo uning ishtirokidagi epizod kartinaning so‘nggi versiyasiga kiritilmaydi. Shu tarzda kino olamiga bir qancha qiyinchiliklar bilan qadam qo‘ygan Oleg Kinematografiya institutiga o‘qishga kiradi va birin-ketin filmlarda suratga tusha boshlaydi.

    Foto: Yandex

    Aktyorning shaxsiy hayoti ham biroz qiyinchilik bilan o‘tdi. U ilk bora 1970-yilda ikki haftalik tanishuvdan so‘ng Natalya Fedotovaga uylandi. Ularning turmushidan bir o‘g‘li bor. 1983-yil Yugoslaviya fuqarosi Veritsa Iovanovich bilan turmush qurdi. Shundan so‘ng aktyor Yugoslaviyada yashab, ijod qila boshlaydi. Ammo u bilan ajrashganidan so‘ng avval Avstriyaga, keyin Rimga ko‘chib boradi. U yerda kelajagi, aniqrog‘i so‘nggi rafiqasi amerikalik jurnalist Joan Borstin bilan uchrashadi. U bilan nikohdan o‘tgach, AQSh hududiga kirish huquqini oladi va u yerga ko‘chib boradi.

    Foto: Yandex

    1989-yil suratga olingan “Yovvoyi orxideya” filmidan so‘ng aktyor sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘ladi. Kartinada poyga sahnasini suratga olish paytida Oleg yo‘lni ko‘rolmay qolgani uchun qayerga burilayotganini bilmaydi. U juda qattiq jarohat olmagan bo‘lsa-da, sog‘lig‘i yomonlasha boshlaydi. Tekshiruv natijasi shuni ko‘rsatdiki, to‘satdan ko‘rmay qolish uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan kamyob miya kasalligi bo‘lib chiqadi. Shundan so‘ng uning miyasida bir necha bor jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Uzoq muddatli davolanishdan so‘ng aktyor yana oyoqqa turdi va filmlarda rol ijro etdi.

    1989-yil aktyorga gipofiz bezida to‘rtinchi bosqich o‘sma tashxisi qo‘yildi, olib borilgan jarrohlik ishidan so‘ng uning umri 19 yilga uzaydi. 2010-yil Oleg o‘g‘lini ko‘rish uchun Rossiyaga boradi va u yerda ahvoli og‘irlashdi. Shifokorlar unga ortiqcha miyeloma tashxisini qo‘ydi. Jahongashta, sayohatsevar ijodkor 2017-yil 15-mayda AQShda vafot etdi va “Hollywood forever” qabristoniga dafn etildi.

    Lyudmila Savelyeva 

    Lyudmila Savelyeva Mixaylovna 1942-yil 24-yanvarda Leningrad shahrida dunyoga kelgan. Albatta, u qiyinchilik davrida tug‘ildi. Lekin u voyaga yetmasidanoq kitob o‘qish, san’at va baletga qiziqa boshladi. 11 yoshidan balet bilan shug‘ullana boshladi. Keyinchalik xareografiyaga o‘qishga kirdi.

    Foto: Yandex

    Avval teatrdan o‘z faoliyatini boshlagan aktrisa tez orada rejissorlar nazariga tushdi. Unga kutilmagan darajada mashhurlik olib kelgan “Urush va tichlik” filmi suratga olishi jarayonida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Aleksandr Zbruyev bilan tanishdi. Uning ishtirokida “Mening kichkina ukam” filmi namoyish etilganidan so‘ng Aleksandrni yaxshi ko‘rib qoldi.

    Foto: Yandex

    Lyudmila ertakdagi muhabbatga ishonadigan romantik qiz edi. Aleksandr uning ko‘nglini zabt etdi, sababi undagi bola kabi samimiylikni yaxshi ko‘rardi. Aktrisa uyda tozalik va tartibni saqlasa-da, ovqat tayyorlashni bilmas va hatto buni yoqtirmas edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u oilasi ovqatga injiq emasligidan juda ham baxtiyor. Turmush o‘rtog‘ining sevimli taomi — qovurilgan kartoshka. Ularning Natalya ismli qizi bor. U ham ulg‘ayganida bir-ikkita filmda suratga tushdi, keyinchalik boshqa kasbni tanladi.

    Foto: Yandex

    Hozirda aktrisa filmlarda rol o‘ynamaydi. U uzoq yillar o‘zini oilasiga bag‘ishladi. Bo‘sh vaqtida kitob mutolaasi va sayr qilishni afzal ko‘radi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Aleksandrning ikkinchi oilasidan bir qizi bor. Ammo otasi unga familiyasini berishni istamadi. Shuningdek, ular hamon birgalikda yashaydi. Aktrisa uning ikkinchi oilasi borligini uzoq vaqtdan beri bilardi, lekin u o‘sha vaqtlar oilasini saqlab qolishni afzal bilib, jurnalistlarning ushbu mavzuda berilgan savollarini javobsiz qoldirdi.

    Foto: Yandex

    Qiziqarli faktlar

    • Roman bilan ssenariylar o‘rtasida bir qancha tafovutlar mavjud. Masalan, roman yakunida Moris boy merosxo‘r va zodagon ekanligi ma’lum bo‘lgach, Luizaning unga turmushga chiqishi biroz oson kechadi. Filmda ham ular oila quradi, albatta. Ammo yigit o‘sha-o‘sha kambag‘al bo‘lib qolaveradi. Shuningdek, ushbu asar Morisning avtobiografiyasi bo‘lib, rejissorlar filmda unga Mayn Ridning hayotidan lavhalar qo‘shgan.
    • “Boshsiz chavandoz” filmining katta qismi Qrimda suratga olingan. Dastlab ijodiy guruh filmni “Oq qoya”da olish rejalashtirilgan, ammo u paytda maskan “Chipollino” ni suratga olish bilan band bo‘lgan. Shunday qilib filmni biroz pastroqdagi “Qizil to‘sin”da olishga to‘g‘ri keladi. Dashtdagi olov sahnasi Ozarbayjonda suratga olindi. Bezakchilar paxtalarni sochish orqali paxta dalalarini yasagan.
    • Suratga olish paytidagi guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, maxsus effektlar bo‘lmaganligi sababli boshsiz chavandoz bulutlar orasida yurgandek ko‘rinishi uchun tuman tushishini kutishgan.
    • Qizig‘i shundaki, boshsiz chavandoz rolini navbat bilan mahalliy bolalar ijro etgan. Ularning boshiga o‘rnatilgan ramkalar yelka vazifasini bajargan. Shuningdek, suratga tushadigan kubalik talabalar Simferopldan avtobusda olib kelingan. Ommaviy sahnaga aholi ham jalb etilgan.
    • Suratga olish ishlarida qo‘shimcha otlar Qrimdan, bosh qahramonning oti esa Moskvadan keltirilgan. Ijodiy guruh otlar bilan ehtiyot bo‘lib ishladi, sababi ularning narxi 10 ming rublni tashkil etardi. Kartina muvaffaqiyatga erishgan eng sara filmlardan biri bo‘lib qoldi. U Sovet ittifoqi kinoprokatining butun tarixi davomida suratga olingan omadli filmlar orasida 33-o‘rinni egallagan. Filmni kinoteatr ekranlarda bir yil mobaynida 52 million muxlis tomosha qilgan.
    18.09.2023, 14:57   Izoh (0)   29795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sevgi taktikasi”, “Oh, Belinda” va turk kinosi ixlosmandlariga manzur bo‘ladigan boshqa yangi seriallar (video)

    18.09.2023, 13:41

    “Men esa yetarlicha qarib bo‘lganman. Endi ulg‘ayishim kerak…” — “Leon” filmi haqida

    16.09.2023, 22:46

    Filmga aylangan mashhur multfilmlardagi tomoshabinlarga manzur bo‘lgan sahnalar (foto)

    16.09.2023, 17:09

    Buyuk yapon rejissori Xayao Miyazakining so‘nggi filmi: “Bola va qush” animesi nima haqida va uni kimlar ko‘rmasligi kerak?

    15.09.2023, 11:08

    O‘zbek tomoshabinlari tomonidan iliq kutib olingan “Qo‘rg‘on sirlari” serialining ikkinchi mavsumi tafsilotlari e’lon qilindi

    14.09.2023, 15:40

    “Biz ungacha Kanada chegarasiga yetib olamiz”. “Ishbilarmon kishilar” filmidagi to‘polonchi bolakay — aktyor Sergey Tixonov haqida

    13.09.2023, 19:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meksikaga “Erik” to‘foni yopirildi

    Dunyo | 19 iyun, 12:02

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:52

    Raqobat qo‘mitasi aldamchi konsalting firmalaridan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:40

    AQSH elchixonalari xorijiy talabalarga viza berishni davom ettiradi

    Dunyo | 19 iyun, 11:13

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

    Sport | 19 iyun, 11:01

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi?

    Layfstayl | 19 iyun, 10:59

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.