O‘zbekistondagi Bolalar milliy tibbiyot markazida yil boshidan buyon 1200 ta kardioxirurgik amaliyot o‘tkazildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Bolalar milliy tibbiyot markazida jarrohlik uskunalariga maxsus kamera o‘rnatilgan bo‘lib, boshqa shifoxonalar mutaxassislari va oliy ta’lim muassasalari talabalari operatsiyalarni onlayn tarzda kuzatib borishi, zamonaviy texnologiyalar orqali masofaviy tibbiy ko‘riklar hamda konsiliumlar tashkil etish imkoni yaratilgan.
Ushbu texnologiyalar asosida 2022-yil mingga yaqin, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 1200 ta kardiojarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Qashqadaryo va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalari tarkibida markaz filiali sifatida bolalar kardioxirurgiya bo‘limlari tashkil qilinib, shu yil 20 dan ortiq bemorda kardiojarrohlik operatsiyalari bajarildi.
Joriy yil chet davlatlar bilan o‘rnatilgan o‘zaro aloqalar natijasida markazning urologik va plastik xirurglardan iborat mutaxassislarining malaka oshirishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiya davlatlarida markaz xirurglari tomonidan hamkorlikdagi jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu mamlakatlardan kelgan mutaxassislar muassasada tajriba almashib bormoqda.
Izoh (0)