Angliya Premyer Ligasi avgust oyining eng yaxshilari nomini ma’lum qildi.
“Tottenhem” ustozi Enj Postekoglu Angliya Premyer Ligasining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Postekogludan tashqari ushbu sovrin uchun Pep Gvardiola, Mikel Arteta, Yurgen Klopp va Devid Moyeslar kurash olib bordi.
“Tottenhem” yarim himoyachisi Jeyms Meddison avgust oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi.
Meddisondan tashqari Tayvo Avoniyi (“Nottingem Forest”), Jerrod Bouen (“Vest Hem”), Brian Mbemo (“Brentford”), Kaoru Mitoma (“Brayton”) va Rodri (“Manchester Siti”) da’vogarlik qilgandi.
Izoh (0)