Nigeriyada mamlakatning deyarli butun aholisi — 200 milliondan ortiq odam elektr energiyasisiz qoldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Energetika kompaniyalari bu “tizimning to‘liq qulashi” ekanini ma’lum qildi. Mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish nolga tushdi. Keyinchalik bu qisman tiklandi, lekin normadan ancha pastladi. Mazkur hodisa Nigeriyaning barcha 36 shtatida va mamlakat poytaxti Abujada sodir bo‘lgan.
Mamlakatda muntazam ravishda elektr uzilishlari kuzatiladi. Bu 2022-yilda to‘rt marta qayd etilgan. Shu bilan birga, Nigeriya energiya resurslarining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. U OPEK aʼzosi bo‘lib, dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega 10 ta davlatdan biri hisoblanadi.
Izoh (0)