• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xususiy tibbiyot muassasalarining ko‘paygani ham bemorlar, ham shifokorlar uchun foydali” — xususiy klinikalar tarmog‘i bosh shifokori bilan suhbat

    Sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, xususiy tibbiyot tashkilotlari 2023-yilda 2017-yilga nisbatan 2,7 barobarga ko‘payib, ularning soni 3 ming 200 tadan 8 ming 560 taga yetgan.

    Qo‘shimcha qilinishicha, xususiy tibbiyot tashkilotlarida 2017-yilda 50 turdagi ixtisoslik bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2022-yilda esa 126 turdagi ixtisoslik bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

    Xususiy tibbiyot muassasasini ochish uchun yaratilgan sharoitlar va bu bemor hamda mahalliy shifokor kadrlar uchun qanday imkoniyatlar berishi haqida “Daryo” muxbiri “Ko‘z nuri” klinikalar tarmog‘i bosh shifokori Hikmatullo Sodiqov bilan suhbatlashdi.

    Yutug‘imiz – shu soha egasimiz

    Biz ko‘z kasalliklarini davolash yo‘nalishida ishlaymiz. O‘zim ko‘z shifokoriman – ko‘z kasalliklari bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazaman. Samarqanddagi davlat tibbiyot muassasasida to‘rt yil ishlaganman. Undan keyin to‘qqiz yil xususiy tibbiyot klinikasida oddiy shifokor sifatida ishladim. Shu vaqt mobaynida barcha shifokorlar singari o‘zimni ham shaxsiy klinikam bo‘lishini niyat qilib yurardim.

    Bir necha yillar avval “Ko‘z nuri” klinikasiga asos soldik. Albatta, klinika ochib, uni yo‘lga solish uchun ancha vaqt va mablag‘, mehnat resursi kerak bo‘ladi. Bunda bizning yutug‘imiz — 10 yildan ortiq mana shu yo‘nalish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lganim, ko‘z kasalliklari bo‘yicha ichki muammolarni bilishim shifoxonamizning tezroq yurib ketishiga imkon berdi.

    Ayni vaqtda klinikamizning Toshkent shahrida 1 ta, Samarqand viloyatida 2 ta va Qashqadaryo viloyatida bitta filiali faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, boshqa viloyatlarga ham borib, tibbiy ko‘riklar va operatsiyalar o‘tkazib turamiz. Shifoxonalarimizda yuzdan ortiq xodimlar xizmat ko‘rsatmoqda.

    Foto: "Daryo"

    Ortiqcha tekshiruvlar yo‘q

    Bir narsani tan olib aytish kerak, haqiqatan ham prezidentimiz tadbirkorlarga katta eʼtibor qaratyaptilar. Qaysidir ishni qilishga ko‘zingiz yetsa, to‘g‘ri tashkil qilib va qonuniy ishlasangiz, istalgan yo‘nalishda yo‘llar ochib qo‘yilgan.

    Biz kelgusida nafaqat yurtimiz, balki qo‘shni respublikalarda ham o‘z filiallarimizni ochmoqchimiz. Bu bo‘yicha ishlarni boshlaganmiz, yaʼni o‘sha mamlakatlar bozorini o‘rganyapmiz. Ularda bizchalik tadbirkorlarga yo‘l ochiq emasligiga guvoh bo‘ldik. Masalan, bizda hujjatlarni to‘g‘ri shakllantirib borsangiz na litsenziyalashda, na boshqa tartiblarda muammo bo‘lmaydi. Hech kimga iltimos qilishingiz yo birovga pul berishingiz shart emas.

    Foto: "Daryo"

    Avvallari haqiqatan ham muammolar ko‘p bo‘lardi. Ayniqsa, ortiqcha tekshiruvlar ham vaqtingizni olardi, ham ishga xalal berardi. Hozir 5 yilda bir marotaba to‘liq tekshiruvdan o‘tasiz. Ungacha agar qonunchilik talablarini buzmasdan ishlasangiz, soliq organlari ham, Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki boshqa tekshiruv organlari bezovta qilmaydi.

    Hamma uchun foydali

    Tabiiyki, bozorda qancha ko‘p taklif bo‘lsa, narxlarni o‘z-o‘zidan tushishiga olib keladi. Masalan, qo‘shni mamlakatlar bilan solishtirganda bizning yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish narxi ancha arzon. Bu odamlarning puli kamligidan emas, balki xususiy klinikalarning ko‘pligidan, raqobat borligidan dalolat beradi. Aytaylik, biz qilayotgan baʼzi operatsiyalar qo‘ni mamlakatlarda ikki-uch baravar qimmat turadi. Shuning uchun ulardan bizga kelib davolanuvchilar ko‘p.

    Xususiy klinikalarning ko‘p bo‘lishi shifokorlar ish bilan taʼminlaydi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda tajribali kadrlarning qolishiga ham yordam bermoqda. Boisi avvallari ko‘pchilik tajribali shifokorlarning chet mamlakatlarga ketishi ko‘p kuzatilar edi. Masalan, Afrika mamlakatlariga, Rossiya va Yamanga ketib qolishardi. Endilikda o‘zimiz chet eldan tajribali shifokorlarni chaqirtirib ishlatyapmiz.

    Foto: "Daryo"

    Yana bir jihati, noyob uskunalarning o‘zimizda bo‘lishi bemorlarni chet elga borib davolanishiga hojat qoldirmaydi. Shu bois oftalmologik kasalliklar bo‘yicha bemorlarni boshqa davlatga borib davolanish karrasiga kamaydi.

    Bozor katta

    Hozir qaysi klinikaga borsangiz, bemorlar navbatda turganiga guvoh bo‘lasiz. Bu bozorda talab borligidan dalolat beradi. Demak, tibbiyot yo‘nalishida ish boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘rqmasdan ish boshlasa bo‘ladi. Yaxshi jamoa — malakali mutaxassislar, tajribali ish yurituvchilar jamlansa kifoya, boshqa tarafdan esa hamma sharoitlar yetarli.

    Maʼlumot uchun, xususiy tibbiyotni qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Misol uchun, bugungi kunda nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar qator imtiyozlar berilgan. Jumladan:

    • o‘z ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari import bojxona bojidan ozod qilingan;
    • olib kelinadigan yangi tibbiy asbob–uskunalar, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari uchun bojxona imtiyozlari mavjud;
    • sarflash materiallarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi;
    • xususiy tibbiyot muassasalari barcha soliq to‘lovlaridan ozod qilingan.
    12.09.2023, 22:55   Izoh (0)   14944
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

    12.09.2023, 22:25

    Buxoroda 750 dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    12.09.2023, 21:05

    Andijonda Nexiga’ga urilgan Lacetti ag‘darilib ketdi (video)

    12.09.2023, 20:15

    O‘zbekistonda endi kamera qayd etgan jarimaga avtomobil egasi javobgar bo‘lmasligi mumkin

    12.09.2023, 19:53

    Prezident Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi, “Avtoyo‘l” qo‘mitasiga topshiriq berdi 

    12.09.2023, 19:32

    O‘zbekistonda qancha kamera va radarlar o‘rnatilgani ochiqlandi

    12.09.2023, 19:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.