“O‘zbekiston – 2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab gepatit C bilan kasallanganlarni hamda gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolash yo‘lga qo‘yiladi
Shuningdek, onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hamda Bolalar milliy tibbiyot markazida gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyoti joriy etiladi.
Ma’lumot uchun aprel boshlarida O‘zbekistonda 1 million aholi virusli gepatitning B va C turlariga qarshi skriningdan o‘tkazilishi ma’lum qilingandi. Mirsr aprel oyi oxirlaridan buyon gepatit C ga qarshi dorilarni O‘zbekistonga yetkazib bermoqda. Bugungi kungacha ushbu kasallikka qarshi dori vositalari 14 ta partiyada yetkazib berildi.
Izoh (0)