Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II xotirasiga yetti mingta brilliantdan iborat ulkan tanga yaratildi.
Bu sakkiz mamlakat zargarlari tomonidan qo‘lda ishlangan tanga bo‘lib, old tomonida malikaning portreti bor. Orqa tomonda uning oxirgi fotosuratidagi qiyofasi aks etgan. Shuningdek, Britaniya bayrog‘i shaklidagi qimmatbaho toshlar ham tangani bezagan.
“Eng yaxshi zargarlar eng yaxshi materialdan foydalanishga harakat qilishdi. Biz malikaning hayotidan ilhomlanib, uning portretlaridan ta’sirlanib ijod qildik. Bu asar Hazrati oliyalariga ehtiromdir. Tanga avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi”, — dedi Sharqiy Hindiston kompaniyasi rahbari Sanjiv Mexta.
Tanga Yelizaveta II vafotining bir yilligi munosabati bilan chiqarilgan. Noyob pul birligi basketbol to‘pi o‘lchamiga mos keladi. Ushbu tanganing narxi 23 million dollarni tashkil qiladi. Agar sotilsa, u dunyodagi eng qimmat tangaga aylanadi.
Izoh (0)