AQSH ma’muriyati Ukrainaga so‘ndirilgan uranli snaryadlarni topshirish qarorini e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, bunday snaryadlarni harbiy yordamning yangi paketiga birinchi marta kiritish to‘g‘risidagi qaror “bir oylik munozaralardan so‘ng” qabul qilingan.
Avvalroq Reuters xabar qilganidek, bu snaryadlar yaqin haftalarda Ukrainaga yetib keladigan Abrams tanklari uchun mo‘ljallangan.
So‘ndirilgan uranli snaryadlar tanklarning zirhlarini yorib o‘tish uchun mo‘ljallangan, chunki uran yadrosi snaryadning zirhni teshib o‘tish xususiyatlarini oshiradi.
Izoh (0)