Texasning Rozenberg shahridagi Denny’s fastfud restoraniga yengil avtomobil bostirib kirdi, deb xabar bermoqda ABC.
Telekanal politsiyaga tayanib xabar berishicha, mashina binoga to‘liq kirib borgan, oqibatda restoran ichida ko‘plab vayronagarchilik hosil bo‘lgan.
Kamida 23 kishi jarohatlangan. Barcha jabrlanganlar turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan.
Qayd etilishicha, haydovchi jabrlanmagan. Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Avval Manxetten markazida mashina odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida yetti kishi jarohatlangan edi. Shuningdek, Buyuk Britaniyada avtomobil boshlang‘ich maktabga kelib urilgach, bir qiz halok bo‘lgan.
Izoh (0)