Toshkentning ayrim hududlarida 5-sentabr kuni elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/Taqdirlov/svet.jpg)
Unga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 5-sentabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirobod tumani: “Avloniy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
- Olmazor tumani: “Xoncharbog‘”, “Namuna” va “Qorasaroy” MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘ragan.
Izoh (0)