Toshkent viloyati IIBB qator manzillarda yangi mobil radarlar o‘rnatilganini e’lon qilib, haydovchilarni ogohlikka chaqirdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-sentabdan Yuqori Chirchiq tumanida 4 ta, Ohangaron tumanida 3 ta, Yangiyo‘l tumanida 2 ta, Bo‘ka tumanida 2 ta, Angren shahrida 1 ta yangi mobil radarlar faoliyat yuritadi:
- Yuqori Chirchiq tumani “Toshto‘g‘izoq” aholi yashash joyi; (70 km/soat)
- Yuqori Chirchiq tumani “Istiqlol” aholi yashash joyi; (70 km/soat)
- Yuqori Chirchiq tumani “Sergeli” aholi yashash joyi; (70 km/soat)
- Yuqori Chirchiq tumani “Jauvqoshti” aholi yashash joyi; (70 km/soat)
- Ohangaron tumani “Qairma” aholi yashash joyi; (70 km/soat)
- Ohangaron tumani “Uvak” aholi yashash joyi; (70 km/soat)
- Ohangaron tumani “Oybuloq” aholi yashash joyi; (70 km/soat)
- Yangiyo‘l tumani “Mirzo Ulug‘bek” aholi yashash joyi; (70 km/soat)
- Yangiyo‘l tumani “Junariq” aholi yashash joyi; (70 km/soat)
- Bo‘ka tumani Bo‘ka shahri; (60 km/soat)
- Angren shahri; (60 km/soat)
Ushbu radarlar Toshkent viloyatida harakat xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olish maqsadida o‘rnatildi.
Izoh (0)