Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 3-turida “Milan” 1-sentabr, juma kuni “Roma”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Olivye Jiru penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Rafael Leau milanliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada Fikayo Tomori qizil kartochka oldi va qolgan daqiqalarda “Milan” bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Uchrashuv so‘ngida esa Spinassola hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa o‘yinda 2:1 hisobida “rossoneri” foydasiga hal bo‘ldi va jamoa ochkolari sonini 9 taga yetkazib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Roma” esa 1 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.
A Seriya
3-tur bahsi
1-sentabr, juma
“Roma” – “Milan” 1:2
Gollar: 0:1 – 9 Jiru (penalti), 0:2 – 48 Rafael Leau, 1:2 — 90+3 Spinassola.
“Roma”: Ruy Patrisiu, Chelik (Spinassola, 70), Smolling, Lorente, Manchini (Pagano, 79), Zalevski, Paredes (Bove, 70), Kristante, Auar (Pellegrini, 31), ash-Shaaravi (Lukaku, 71), Belotti.
“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav, Ernandes, Krunich, Loftus-Chik (Kalulu, 65), Pulishich (Chukvueze, 77), Reynders, Rafael Leau (Okafor, 77), Jiru (Pobega, 70).
Ogohlantirishlar: Tomori (19), Loftus-Chik (34), Paredes (70), Lukaku (85), Okafor (90+7).
Izoh (0)