Prezident tomonidan “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun imzolandi, deb xabar beradi Norma.
Hujjat veterinariya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha zamonaviy taʼlim tizimini yaratish, shuningdek, mazkur sohada faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini yanada kuchaytirishga qaratilgan.
Jumladan, “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga aylantirildi.
Shuningdek, bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlarining veterinariya nazorati obyektlariga moneliksiz kirish bo‘yicha vakolatlari qisqartirilmoqda. Endi ular ushbu obyektlarga qonunchilikda belgilangan tartibda kirishlari mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 22-avgustdan kuchga kirgan.
Izoh (0)