Rossiyaning Tver viloyatida “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli samolyot qulab tushdi. “Vagner”ga yaqin Telegram kanallari u urib tushirilganini da’vo qilmoqda. Bortda Prigojinning o‘zi ham bo‘lgani aytilmoqda.
Embraer Legacy biznes-jeti Moskvadan Sankt-Peterburgga uchayotgan bo‘lgan. Samolyot bortida 10 kishi, jumladan 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lganini yozmoqda.
“Vagner” kampaniyasiga aloqador Grey Zone Telegram kanali Embraer biznes-jeti havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.
“Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan RA-02795 davlat raqami bo‘lgan Embraer Legacy 600 biznes-jeti Rossiya Mudofaa vazirligining Tver viloyatining Bologovskiy tumanida havo hujumidan mudofaa tizimi o‘qqa tutilishi oqibatida urib tushirildi. Samolyot halokatga uchragunga qadar mahalliy aholi ikkita portlashni tingladi, buni osmondagi izlar va guvohlar bevosita tasdiqlaydi.
“Rosaviatsiya”ga ko‘ra, Tver viloyatida halokatga uchragan samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatida Yevgeniy Prigojin ham bo‘lgan.
Readovka nashri manbasi Prigojin samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqlamadi. Katta ehtimol bilan “Vagner” rahbari boshqa samolyotda uchgani aytilmoqda.
Izoh (0)