Buyuk Britaniya Ukrainaga atom elektr stansiyalari uchun yadro yoqilg‘isi sotib olish uchun 192 million funt sterling (245 million dollar) beradi. Bu haqda Kiyevga tashrifi chog‘ida Buyuk Britaniya energetika vaziri Grant Shepps Reuters agentligiga ma’lum qildi.
“Biz taqdim etadigan bu kafolat Ukrainaga kelajakda yadro yoqilg‘isi Rossiya orqali o‘tmasligini taʼminlashga yordam berishi kerak. Bu pullar yadro yoqilg‘isi ancha ishonchli manbalardan Ukrainaga kelishini kafolatlaydi”, — dedi vazir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yetkazib beruvchilardan biri shtab-kvartirasi Londonda joylashgan Urenco Yevropa konsorsiumi bo‘ladi.
Iyun oyida Forbes Ukraina tomonidan mamlakatni “Yevropaning energiya markazi”ga aylantirish uchun tayyorlangan reja haqida xabar bergan edi. Ushbu reja, xususan, Ukraina kichik modulli reaktorlar ishlab chiqarishning 90 foizini mahalliylashtirishni va mustaqil ravishda yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarishni nazarda tutadi.
Izoh (0)