Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davom etar ekan Britaniya razvedkasi Rossiya fronti orqasiga chuqur zarba berish muhimligini ta’kidladi.
Britaniya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, so‘nggi oylarda Rossiyada tahdidlar ko‘lami oshdi. Jumladan, Rossiya aerokosmik kuchlari rahbariyati Rossiyaning g‘arbiy qismida havo mudofaasini yaxshilash uchun kuchli bosim ostida bo‘lishi mumkin.
“Rossiya hududiga zarbalar berish strategik ahamiyatga ega, chunki prezident Putin Ukrainaga bosqinning ruslarga bevosita ta’siri unchalik katta bo‘lmaydi degan taxmin bilan hujum boshlagan”, — deyiladi razvedka xabarida.
Ta’kidlanishicha, Rossiya harbiy-kosmik kuchlari shtabi boshlig‘i, general-polkovnik Viktor Afzalov bosim ostida bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)