O‘zbekistonda Nexia va Cobalt’ga o‘rnatilgan multiradarlar yo‘qotilishi haqida xabarlar tarqaldi. YHXX ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu avtomatlashtirilgan mobil komplekslar prezidentning “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinib kelinmoqda.
Mobil komplekslar fiksatsiya qilish tizimining texnika va jihozlari belgilangan standart va talablarga muvofiqligi, inson omilini rad etib avtomatlashtirilgan dasturda ishlashi va foydalanuvdan chiqarilmasligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)