Yaponiya hukumati Gavayidagi Maui kuchli yong‘inlardan jabrlanganlarga yordam sifatida 2 million dollar ajratadi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Gavayidagi o‘rmon yong‘inlari yetkazgan vayronkor zarar tufayli Yaponiya Amerika Qizil Xoch va Yaponiya platformasi orqali tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish chorasi sifatida jami 2 million dollarga yaqin yordam ko‘rsatishga qaror qildi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
O‘rmon yong‘ini Gavayidagi Maui orolida 9-avgust kuni boshlangan. Kuchli shamol tufayli yong‘in tezda Laxayna sayyohlik shaharchasiga o‘tib, oqibatda shahar butunlay yonib ketgan. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan, kamida 4,5 ming kishi boshpanasiz qolgan.
Gavayidagi hozirgi o‘rmon yong‘inlari so‘nggi asrdagi eng halokatli yong‘indir. Gubernator Josh Grinning aytishicha, shtat tarixidagi “eng yirik tabiiy ofat”dan yetkazilgan zarar 6 milliard dollarga baholangan.
Izoh (0)